AQShning Federal zaxira xizmati shu yilning oktabr oyidan boshlab 100 dollarlik kupyuralarning yangilangan shakli muomalaga kiritilishini e’lon qildi. Bu haqda "Vzglyad” iqtisodiy nashri ma’lumot beradi.
Yangilangan banknotlar o‘zida yanada mukammal xavfsizlik belgilariga ega bo‘lib, uni qalbakilashtirish juda qiyinlashadi. Yangi 100 dollarlik kupyura avvalgi ko‘rinishini deyarli saqlab qolgan bo‘lsada, uning dizayinida bir qancha o‘zgarishlar bor: uning tashqi ko‘rinishida qo‘ng‘iroqchalar tasviri bo‘lib, banknotni orqasiga aylantirganda, ular 100 soniga o‘zgaradi.
Mazkur yangilik AQSh dollarini haqiqiyligini aniqlashni osonlashtirsa, uning qalbakilashtirishni oldini oladi.