SHERLAR.BIZ Juma, 27.12.2024, 01:32
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Dekabr » 14 » Yangi yil dasturxoni uchun “Sezar” salatinitayyorlaymiz
01:25
Yangi yil dasturxoni uchun “Sezar” salatinitayyorlaymiz
Yangi yil bayrami kirib kelishiga ham sanoqli
kunlar qoldi. Ko‘pchilik bayram dasturxonini
bezatish va taomlar tayyorlash bo‘yicha rejalar
tuzishni boshlab yuborgan bo‘lsa ajab emas. Bu
borada ba’zi foydali maslahatlar va tavsiyalar
berish maqsadida “Daryo” nashri Korzinka.uz
supermarketlar tarmog‘i bilan hamkorlikda Yangi
yilga bag‘ishlangan loyihani ishga tushirdi.
Ushbu loyiha doirasida bayram dasturxoniga
tortish mumkin bo‘lgan taomlar retseptini taqdim
etib boramiz.
Bugun menyuda “Sezar” salati
Foto: “Daryo”
Ushbu salatni tayyorlash uchun taxminan 15—20
daqiqa vaqt va 13 233 so‘m talab etiladi.
Foto: “Daryo”
Zarur masalliqlar
150 g “Aysberg” salat bargi
100 g qaynatilgan tovuq go‘shti
60 g cherri pomidori
20 g parmezan pishlog‘i
Sous uchun:
2—3 bo‘lak sarimsoq piyoz
30 g marinadlangan kavar (kapersi)
200 g mayonez
Foto: “Daryo”
Tayyorlanishi
1. 150 g “Aysberg” salat bargini yirik bo‘laklarga
bo‘lib chiqamiz.
Foto: “Daryo”
2. 60 g cherri pomidorining har birini to‘rt
bo‘lakka bo‘lamiz.
Foto: “Daryo”
3. 100 g qaynatilgan tovuq go‘shtini tilim qilib
kesamiz.
Foto: “Daryo”
4. Endi sousni tayyorlab olamiz. Buning uchun 2—
3 bo‘lak sarimsoq piyoz va 30 g kavarni mayda
qilib to‘g‘raymiz.
Foto: “Daryo”
Kavar (kapersi). Foto: “Daryo”
5. Va 200 g mayonez bilan aralashtiramiz.
Foto: “Daryo”
6. So‘ng barcha masalliqlarni idishga solib, sous
bilan aralashtiramiz.
Foto: “Daryo”
7. Tayyor salatni likopchaga solib, ustiga
qirg‘ichdan o‘tkazilgan 20 g parmezan
pishlog‘idan sepamiz.
Foto: “Daryo”
Salatimiz tayyor. Yoqimli ishtaha!
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Ushbu salatni tayyorlashda foydalanilgan
mahsulotlarni Korzinka.uz supermarketlaridan
xarid qilishingiz mumkin.
Masalliqlar narxlari bilan quyidagi jadvalda
tanishishingiz mumkin. Narxlar 8-dekabr holatiga
berilgan.
Foto: “Daryo”
Rukn homiysi — Korzinka.uz supermarketlar
tarmog‘i.
Taomni tayyorlashda bergan ko‘magi uchun
Toshkentdagi Il Migliore restorani va shaxsan
bosh oshpaz Usen Karsibayevga minnatdorchilik
bildiramiz.
Il Migliore restorani bosh oshpazi Usen
Karsibayev. Foto: “Daryo”
Il Migliore restorani. Foto: “Daryo”
Ruknimizning keyingi sonlarida pitssa, grilda
pishirilgan tovuq soni, rukkolali salat va
boshqalarni tayyorlaymiz hamda ushbu taomlar
bilan bayram dasturxonini bezaymiz.
Категория: Taomlar retseptlari | Просмотров: 1120 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz