Главная » 2014»Oktyabr»15 » Yangi Sony Xperia Z3 smartfonini Coca-Colaichimligiga botirib qo‘yishdi
13:51
Yangi Sony Xperia Z3 smartfonini Coca-Colaichimligiga botirib qo‘yishdi
Sony kompaniyasi 2014-yilgi IFA ko‘rgazmasida yangi Xperia Z3 smartfonini taqdim etgan edi. Bu smartfon suvga chidamlilik sertifikatiga ega. YouTube foydalanuvchisi esa smartfonning ushbu xususiyatini tekshirib ko‘rishga qaror qildi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumoti ga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi . Foto: www.keyforweb.it Smartfonning suvga chidamliligini tekshirish maqsadida uni idishga solishdi va ustidan Coca- Cola ichimligini quyib, botirib qo‘yishdi. Bunda smartfon Coca-Cola ichida juda uzoq muddat turmadi, ammo sinov o‘tkazayotgan odam uni bir necha bor ichimlikka botirib oldi. Videoda ta’kidlanishicha, smartfon ushbu sinovdan keyin ham, hech o‘zgarishsiz ishlashda davom etgan. Eslatib o‘tamiz, Sony Xperia Z3 smartfonida 5,2 dyuym 1080×1920 pikselli displey, 3Gb tezkor va 16/32 Gb ichki xotira, 3100 mA·soat quvvatga ega batareya, 2,5 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 801 protsessori, 20,7 megapikselli kamera o‘rnatilgan. U Android operatsion tizimida ishlaydi. Uning yana bir muhim tomoni, uni Play Station o‘yin qurilmasi uchun displey sifatida ham ishlatish mumkin. Shuningdek, Sony Xperia Z3 smartfoni bilan shokolad sinovi ham o‘tkazildi. U bilan “Parol” nashrining ushbu maqolasi da tanishishingiz mumkin.