Xorazmlik qo'shiqchilar paxta yig'im terimida... Ellikqala tumanidagi "Ellikqala ostonasi” fermer xo’jaligi dalalariga ijodiy va texnik xodimlari bir nechta san’atkorlar bilan borgan xolda "paxta 2012” mavsumiga o’zlarini munosib xissalarini qo’shishdi. Azizbek Yuldashev, Bekzod Abdullayev hamda Shoxida Sapayevalar ham o’z ishini boshlab yubordilar. Aminzodani Komron Soburov ortda qoldirdi. Qanday qilib deysizmi?! Albatta bu ikkala shovvoz Afsonani tergan paxtasini o’g’irlab 50kg paxta (terishdi). Aminzoda shu yerdagi terimchilarni paxtasidan o’g’irlagan xolda 50kg paxta terib taroziga olib chiqdi. Oybek Yoqubov ham qolishmadi. U ham 60kg paxta teridi. Keyin qarasak paxtani ichida ikkita tosh solib o’lchatgan ekan… Qiziq voqealardan biri ishchi xodimimiz Jumyoz Habibullayev hamda honanda Oybek Yoqubov ikkalasi hamma dalada paxta terimida bo’lsa bir zumda voqea joyidan g’oyib bo’lishdi. Tushlik paytida esa ko’zlarini uqalab 2 kg ham chiqmaydigan paxtani olib chiqishdi. Muxlislarini erkatoyi bo’lgan Komron Soburov labiga chiqqan "uchuq” boyis Intervyu berishdan bosh tortgandi. Bizning mohir operatorlarimiz uni shunday holatda tasvirga olishdiki, o’zi ham qanday intervyu berganini bilmay qoldi… Tushlik paytida esa o’z qo’shiqlari bilan hamma hasharchilarni hursand qildilar.