Bu dunyo qiziqda qiziqdur juda, O'tayotgan xar bir vaqt ketmasin deb behuda. Qiyinchilik trichilik bermayapti samara, Atrofinga bir boqgin yaxshilab qara. Do'st dushmani ajratish judayam qiyin Do'stlarin xurmat qilar san uchun bir tiyin. Bugun bilan yashaydi ertani o'ylamay, Yomon kunda suyanchig'in kimligin bilmay. Bu xayotda ro'l o'ynar obro bilan pul Kimdur kimlarga ega kimdur esa qul Yaxshilik qilamiz deya o'zimiz bilmay, Ozor beramiz sezmay qaytadan nuqul. Do'stimiz erishar ulug' martabaga, Yuragin tilar ko'rolmaysan jo'rtaga. Omadini bersin deymizu tildan, Ko'romaslik g'arazlik yana chin dildan. Martabasi ulug'dur xurmat qiladi sani, Yoshlikdan birgasan do'st xurmati qani. 1ta maktab 1ta o'qish yoshlikdan birga, Endichi dushman yana bir umrga. Xato qilamiz ozor ham berib, Xafa qilamizu yuramiz kerilib. Kamayib qolamiz qilsak iltimos, Buyurushdan yaxshi shirin so'z xalos. Xaqiqatga tik boqin ko'ziz yoshlanar, Kimlardur tuxmatga atay qamalar. Kimdur esa aldanib xorijga ketar, Qachongacha davom etar bo'ldi bas yetar. Gap talashib man bilan o'ynamang garov, Xaqiqat kuymaydi yonganda olov. Xazil ham qilamiz oshirib biroz, Kamchiliklar toshib ketsa nazarizda oz. Ikki xil dunyo kim kim bilan farqi yo, Boy bilan kambag'al orada insofam yo. Kelin olar bazilar sepiga qarab, Qiz uzatar ataylab bechora quda tarab. To'ydan keyin boshlanar qudalar jangi, Xar kuni bahonalar yana yangidan yangi. Bechora kiyov ikki o't orasida, Xar kuni janjal kelinchakni qasrida. Ichkilikka berilgan kimlanidur otasi, O'z qiziday ko'rar kimlani qaynotasi. Kelinidan qizg'onar o'g'liyu farzandini, Orzular ko'p kelinni chiqishtirmas onasi. Afsus xaqiqat xayot beshavqat, Gaplarim tagida mano qatma qat. Atrofga qarab mo'jizani kuzatin, Ko'rpangizga qarab oyoq uzatin. Bu gaplarimdan sira ham kulmang, Qanday inson bo'lsangiz ham sira uyalmang. Kulgulidur juda balki bu gaplar, O'ziga hulosa olar ikki taraflar. Charchadingizmi xaqiqat tinglab, Bular yozilganku siz uchun ataylab. Xulosa chiqaring kulgandan ko'ra Siz uchun xammadur bugun ovora Tugadi maslahatim Yoki so'zlarim Bu xaqiqatni ko'rgan ko'rgan ko'zlarim Bayon qilib berguncha dostlarim sizga Titrab edi bugun mani lablarim.