Xitoyda narxi 32 600 dollarga baholangan Veb V2 premium-klass smartfoni yaratildi. Bu dunyodagi eng qimmat smartfon hisoblanadi, deb xabar bermoqda“Rossiyskaya gazeta”.Smartfon Snapdragon S4 protsessori asosida chiqarilgan bo‘lib, 512 Mb tezkor va 4 Gb ichki xotiraga ega. 4 dyuym 800×480 pikselli displeyli samartfon Android 2.3 operatsion tizimida ishlaydi hamda 2G GSM va 3G aloqalarini amalga oshira oladi. Ushbu VIP-gadjetning asosiy xususiyati maxsus 129 bitli shifrlovchi chip yordamida shaxsiy ma’lumotlarni himoyalashidir. Shuningdek, uning to‘liq olmoslar bilan bezatilgan korpusi ham premium-klassdan dalolat berib turadi.