Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Dekabr » 11 » Xakerlar fosh qilgan yozishmalarda Anjelina Joliga yo‘naltirilgan haqoratlar borligi aniqlandi
05:21 Xakerlar fosh qilgan yozishmalarda Anjelina Joliga yo‘naltirilgan haqoratlar borligi aniqlandi |
Amerikalik kinoprodyuser Skott Rudin Sony Pictures kompaniyasi raisdoshi Emi Paskalga yozgan xatida aktrisa Anjelina Jolini “qobiliyatsiz va taltaygan” deb atadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Sony Pictures’ga uyushtirilgan xakerlik hujumi natijasida kompaniya xodimlarining elektron yozishmalari tarqalib ketdi. Ulardan birida Rudin Paskalga yangi “Kleopatra” filmida Joli bilan hamkorlik qilishni istamasligini yozgan.
Shuningdek, dastlab Sony chiqarmoqchi bo‘lgan, biroq Universal Pictures’ga o‘tib ketgan “Stiv Jobs” filmi bahs-munozara markaziga tushgan. Gap shundaki, Anjelina Joli ushbu filmga Devid Fincher rejissorlik qilishiga qarshi bo‘lgan. Shu munosabat bilan Paskal Rudinga murojaat qilib, undan Joli bilan gaplashib ko‘rishni so‘ragan. Bunga javoban u “bu uchun vaqtini sarflashni istamasligini” aytgan.
“Yaxshisi, u Fincherning ishini chippakka chiqarishidan avval undan jim bo‘lishini so‘rang”, — deb yozgan Rudin.
|
Категория: Dunyo xabarlari |
Просмотров: 1092 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|