Статистика |
Hozirda saytda: 24 Mexmonlar: 24 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Noyabr » 30 » Xakerlar dunyoning yetakchi nashrlari saytlariga hujum uyushtirdi
07:17 Xakerlar dunyoning yetakchi nashrlari saytlariga hujum uyushtirdi |
Xakerlar Forbes, Ferrari, The Telegraph, The Independent, Al Jazeera, PC World kabi nashrlarning saytlariga hujum uyushtirishdi. Bu haqda Webrazzi nashriga tayanib, “Kun” xabar beradi.
Nashrning ta’kidlashicha, hujumlar “Suriya elektron armiya”si tomonidan amalga oshirilgan. Taxmin qilinishicha, xakerlar foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishda ko‘mak beruvchi Gigya xizmatini buzib kirishning uddasidan chiqqan. Buning ortidan bu xizmat bilan ishlovchi dunyoning yetakchi nashrlari saytlari ham hujumga uchradi. Bu saytlarga kirgan foydalanuvchilar unda “Siz Suriya elektron armiyasi tomonidan ochildingiz” degan yozuvning guvohi bo‘ldi yoki bu tashkilotning gerbi tasvirlangan sahifaga yo‘naltirildi.
Gigya xizmati ushbu hujum yuzasidan hech qanday sharh bermadi. Hozirda nashrlarning saytlari odatdagi tartibda ishlamoqda.
|
Категория: Qiziqarli malumotlar |
Просмотров: 751 |
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|