SHERLAR.BIZ Dushanba, 18.10.2021, 00:52
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 275
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Fevral » 23 » WhatsApp narxiga 2000 ta Odil Ahmedov olish mumkin
11:25
WhatsApp narxiga 2000 ta Odil Ahmedov olish mumkin
Joriy yilning 20-fevral kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘i ommabop WhatsApp messenjerini 16 milliard dollarga sotib olganligini, yana uch milliard dollar xodimlarga Facebook aksiyalari shaklida berishini ma’lum qilgan edik. Shuningdek, TJournal sayti masalaga o‘zqacha yondashib, WhatsApp narxini boshqa yirik xaridlar qiymati bilan solishtirib chiqqanligi haqida ham yozgan edik.

Endi esa iLike.uz sayti mazkur narxda O‘zbekistonda nimalar olish mumkinligini hisoblab chiqdi. O‘z navbatida, biz ham mazkur qiziq ma’lumotlarni o‘z muxlislarimizga ilindik. Xo‘sh, 16 milliard dollarga nimalarni olish mumkin?

1940 nafar Odil Ahmedov

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi Odil Ahmedovning transfer narxini olti million yevro, deb belgilashgan, bu esa 8 246 400 dollarga teng. Demak, bitta WhatsApp puliga 1 940 nafar Odil Ahmedov to‘g‘ri kelar ekan! Darvoqe, bu narxga Lionel Messidan 85 nafarini olish mumkinligini ham esga olish o‘rinli.

356 411 ta Malibu

Chevrolet Malibu avtomobilining narxi 99 750 000 so‘mni tashkil etadi, bu esa taxminan 44 892 dollarga tengdir (maqola yozilishi paytidagi Markaziy Bank kursiga ko‘ra). Bundan chiqdi, bitta WhatsApp narxiga 356 411 dona yap-yangi Malibu avtomobili olish mumkin!

"Bilayn”ning 2013-yildagi 9 oylik daromadidan 32 tasi

O‘zbekiston mobil aloqalar bozorida yetakchi hisoblangan "Bilayn-O‘zbekiston” o‘tgan yilning uch kvartali mobaynida 500 million dollar miqdorida daromad ko‘rganligi xabar qilingan. Agar shu holat yana 32 marta qaytarilsa, bitta WhatsApp narxiga yetib qolar ekan.

23 million dona iPhone 5S

Toshkentdagi "Fleshka” texnomarkazida (sobiq "Malika” fabrikasi) yap-yangi iPhone 5S narxi o‘rtacha 700 dollarni tashkil etadi. WhatsApp sotilgan pulga esa bunaqa smartfondan naq 23 milliontasini sotib olsa bo‘lar edi.

1 millionta "Daryo” nashri

Mysitecost.ru ma’lumotlariga binoan, "Daryo” nashri taxminan 15 520 dollar turadi. Demak, bitta WhatsApp narxiga bunday saytlardan taxminan bir milliontasini sotib olish mumkin.

Endi tasavvur qiling: sizning qo‘lingizga tasodifan (masalan, lotereyadan) 16 milliard dollar pul tushib qolsa, nima qilgan bo‘lardingiz?
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 725 | | Теги: WhatsApp narxiga 2000 ta Odil Ahmed | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Fevral 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2021Хостинг от uCoz