Qizlar bilan tanishish, Sinoidan o'tmaganlari bilan behayo suhbatlar qurish jon-u dili edi. Toki bir voqea uning hayotida chuqur iz qoldirmoguncha. Xullas u internetda taniqli aktrisalardan birining suratlarini qo'yib olib, "GULI" degan ismda profil ochgan qiz bilan tanishib qoldi. Uning ham saytdagi ismi boshqa edi. Bir-ikki gaplashganlaridan keyin qizni uchrashuvga taklif qildi. Aytilgan vaqtda, aytilgan joyda o'tirgan yigitning diqqatini uzoqdan ko'ringan qiz o'ziga tortdi. Uchrashu joyiga...uning Singlisi kelardi...Qiz ham uni ko'rib qoldi...Yigit tiligacha muzlab ketdi... Saytda gaplashganlarida unga aytilgan behayo takliflari, qizning sharmisora javoblari... SHundan beri saytlarga yo'lamaydi... Singlisining esa yuziga ham qaragisi kelmaydi... O'sha "uchrashuv"dan keyin uni qattiq do'pposladi, qo'lidan telfonini olib qo'ygan... Lekin yuragini qandaydir istirob kemirgani kemirgan...U doim bir narsani o'ylaydi: Men singlim bilan tanishgan nechanchi yigit ekanman-a?...