Статистика |
Hozirda saytda: 2 Mexmonlar: 2 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2016 » Noyabr » 13 » Video: Aytchi qizcha, sen bugun ovqatlandingmi?
17:28 Video: Aytchi qizcha, sen bugun ovqatlandingmi? |
Feysbuk” ijtimoiy tarmog'ida yosh qizcha haqida joylashtirilgan videorolik barchani larzaga soldi. Unda hali balog'atga yetmagan qizcha va videorolik muallifi o'rtasida kechgan savol-javob o'z aksini topgan. - Isming nima? - Bilmayman. - Dadang qani? - Halok bo'ldi. (Yig'lamsirab) - Qayerda?. - Hadabda. (Yig'lab yuboradi). - Bugun nimadir tamaddi qildingmi? - ... (Alamdan yer chizish) Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu videorolikka nisbatan qizg'in fikrlarini bildirib o'tishgan. Yuqoridagi gaplar jurnalist sifatida yozish kerak bo'lgan jumlalar ketma-ketligi edi...Endi oddiy bir inson sifatida biroz fikryuritsak, kuchimiz, qurbimiz, aqlimiz yetgunicha... Men ham insonman, degan kishi bor-ki, yon-atrofida bo'layotgan bu kabi xunrezliklardan, vahshiyliklardan dili vayron bo'ladi, yuragi qon yig'laydi... Chunki u inson,insoniyatning bir bo'lagi. Ana shu insoniyat esa bugun noma`lum qorabo'shliqqa kirib boryapti... Vahimali gaplar, shundaymi? Yo'q, unday emas, biroz fikr yuritishga undovchi gaplar, xolos. Biz u qizchaga yordam bera olmaymiz, biz u qizchaning shu kunga tushishiga sababchi bo'lgan kunlarni ham yengillashtira olmaymiz. Xo'sh, unda qo'limizdan nima keladi? Ko'p narsa... Bu ko'zlardagi kulgiga qarab shukrni;bu ko'zlardagi uyatga qarab hayoni; bu ko'zlardagi yoshlarga qarab rahmni, qizchaning sabriga qarab tadabburni; boshiga tushgan kuniga qarab istig'forni; umuman, unga qarab insoniylikni o'rganish... Bu hodisa insonni yana bir bor noshukrlikdan yiroq bo'lishga chorlaydi, balki...
|
Категория: Qiziqarli malumotlar |
Просмотров: 635 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|