Главная » 2014»Fevral»28 » Uzmobile Toshkentda yangi raqamlarni muomalaga kiritadi
12:48
Uzmobile Toshkentda yangi raqamlarni muomalaga kiritadi
Uzmobile uyali aloqa operatori 2014-yilning 1-martidan Toshkent shahri abonentlari uchun yangi numeratsiya ochadi. Bahorning ilk kunidan poytaxtda yangi abonentlar 143-XX-XX, 169-XX-XX ko‘rinishidagi yangi raqamlarga ulanishlari mumkin. Bu xususda mobinfo.uz xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda Uzmobile operatorining abonentlari soni 300 mingdan oshgan.
Avval ham xabar berganimizdek, O‘zbekiston Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi "Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, "O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining Uzmobile filiali negizida milliy mobil aloqa operatori tashkil etilmoqda.
Rejaga ko‘ra, 2014-yil mobaynida poytaxtda 1020 ta tayanch stansiyasi, 500 komplekt radiorele jihozi hamda 2 million raqamga mo‘ljallangan kommutatsiya stansiyasi va billing tizimi o‘rnatiladi. 2015-yilda mazkur milliy operator tarmog‘i bilan barcha viloyatlar markazlari, 2017-yil davomida esa respublikaning barcha aholi punktlarini qoplash rejalashtirilgan.
Mobinfo.uz bergan ma’lumotga ko‘ra, 2017-yil oxirigacha Uzmobile butun O‘zbekiston bo‘ylab 3986 ta tayanch stansiyasi va 4000 komplekt radiorele jihozi o‘rnatadi. Shuningdek, jihozlarni zaruriy quvvat bilan ta’minlash uchun avtonom quyosh fotoelektr tizimlari ham o‘rnatish ko‘zda tutilgan.