Главная » 2014»Yanvar»3 » Uyali aloqa operatorlari abonent raqami to‘lovi 600 so‘m bo‘ldi
09:12
Uyali aloqa operatorlari abonent raqami to‘lovi 600 so‘m bo‘ldi
2014-yil 1-yanvardan mobil aloqa xizmatini taqdim etuvchi yuridik shaxslarga abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov 500 so‘mdan 600 so‘mga oshirildi. Bu haqda "Gazeta” nashri xabar berdi.
Norma.uz xabar berishicha, bu Prezidentning 25-dekabr kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat byudjeti asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlari prognozi to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.
Abonent raqami uchun to‘lov 2012-yil 1-yanvardan kiritilgan edi. Avval u 400 so‘mga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2013-yilda 500 so‘mgacha oshgan edi.
Ushbu to‘lovdan tushgan mablag‘ning 70 foizi davlat byudjetiga, 30 foizi Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar qo‘mitasiga investitsion loyihalar, axborotlashtirish dasturlarini amalga oshirish hamda telekommunikatsion tarmoqlarni rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi.