| 
| Статистика |  | 
 
 Hozirda saytda: 2 Mexmonlar: 2 Foydalanuvchilar: 0 |  | | Главная » 2013 » Fevral » 7 » "Urib tursang edi hasta yuragim, Niginam qo'lidan dadil tutardim" (sevgi hikoyasi) 
 
| 15:30  "Urib tursang edi hasta yuragim, Niginam qo'lidan dadil tutardim" (sevgi hikoyasi) |  | Nigina yo'lda ketib borarkan, bekat yonida sikripkada kuy
 chalib o'tirgan kishiga ko'zi tushdi... 7-
 dekabr 2010-yil shoshib mashina yo'lidan
 o'tib
 ketayotganda uzoqdan kelayotgan
 avtomobilni ko'rmay
 qoldi. Yurak urushi tezlashib, ko'zini yumdi...
 Soniyalardan so'ng ko'zlarini ochdi, uni bir
 yigit qutqarib qolgandi. Nigina
 ko'zlarida yosh, unga
 minnatdorchilik bildirardi. Ular shu kundan
 do'stlashib qolishdi. Yigitning ismi Abror edi
 va shu kuni uning tug'ilgan kuni edi.
 Ularning
 oralarida sir bo'lmas, bir-birlari bilan suxbat
 qurib, hech
 zerkishmasdi. Abror Niginaning
 beg'uborligidan quvonardi, uni
 yo'qotishdan qo'rqardi, uni sevardi. Ularning
 uchrashuv joylari shu bekat, mana shu kuy
 ostida
 edi. Ilk bor shu yerga kelishganida ham shu
 kuy yangrar edi. Vaqt
 o'tib, Nigina ham uni sevishini angladi... 7-
 sentabr 2011-yil
 tanishishganiga 10 oy bo'ganida
 uchrashishdi, yana shu kuy va yana shu
 bekat. Bir birlariga dil izhori qilishdi. Ular
 juda xursand edilar.
 Shu payt Abrorning ko'ksida og'riq turdi.
 Nigina ko'rmasligi
 uchun unga jilmayardi. "Ey,
 Xudoyim, o'zing sharmanda qilma,
 so'nggi bora to'yib olay" derdi. Nigina buni
 sezmas, nimalarnidir
 gapirardi... Abror behol yerga yiqildi...
 Nigina uni shifoxonaga olib bordi. Abrorni
 "reanimatsiya"
 bo'limiga olib kirib ketishdi. Bir ozdan so'ng
 shifokorlar chiqib, Niginaga kirishini
 aytishdi. Nigina kirdi, ko'zlarida hayrat va
 yosh... Abror unga tikilib "Nigina
 yashagim kelyapti, sen uchun, beg'uborim
 baxtli bo'l" deb qo'liga xat tutqazdi. Nigina
 xatni
 ochdi "Urib tursang edi hasta yuragim,
 Niginam qo'lidan dadil tutardim..." Nigina
 chiday olmadi
 so'zsiz yig'lab Abrorga tikildi. Ammo
 Abrorning ko'zlari yumuq edi... 7-dekabr
 2011-yil Abrorning
 tug'ilgan kuni, uni yo'qotganiga 3
 oy bo'ldi. Uning qabridan qaytar
 ekan, uni tabrikladi, qabriga gullar qo'ydi.
 Endi Nigina tanish bekat, tanish kuy oldida
 turardi.
 Mayin jilmaydi va mashina yo'liga
 chiqdi. Uzoqdan avtomobil katta tezlikda
 kelardi... Bu safar Niginada qo'rquv emas,
 yuzida
 mayin tabassum bor edi....
 |  | Категория: Sevgi dunyosi | 
Просмотров: 1080 | 
 | Рейтинг: 5.0/1 |  Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация  | Вход  ] | 
 |  |