SHERLAR.BIZ Juma, 19.04.2024, 23:20
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Sentyabir » 5 » Umr uzoqlik Sirlari
11:55
Umr uzoqlik Sirlari
Bugun Yaponiyada o‘rtacha umr ko‘rish darajasi
dunyo bo‘yicha eng yuqori sanalib, 81,25 ni
tashkil etadi. Fransuzlar esa o‘rtacha 77,7 yil
yashaydi va Yevropadagi eng uzoq umr
ko‘ruvchi xalq hisoblanadi. Skandinaviyada bu
ko‘rsatkich — 75-78, Italiyada — 77, Kubada esa
76 yoshni tashkil etadi. Ayni chog‘da, har bir
xalqning sog‘lom va uzoq yashash bo‘yicha
o‘zlariga xos sirlari ham ko‘p.
Shu narsa taajjubliki, 1941 yilga qadar
Yaponiyada o‘rtacha umr qirq yoshdan
oshmagan. Biroq ikkinchi jahon urushidan so‘ng
ahvol o‘zgargan. Bu mamlakatda dengizbo‘yi
iqlimi uzoq yashashning muhim jihatlaridan biri
hisoblandi. Negaki, dengiz havosi organizmga
ta’sir ko‘rsatadigan zararli moddalarni tozalab,
qulay sharoit yaratadi. Taomlarda soya miqdori
ko‘pligi esa yurak xastaliklarining oldini olib,
suyaklarni mustahkamlaydi. Ko‘k choy modda
almashinuvini yaxshilaydi. Dengiz mahsulotlari
(baliq va boshqa jonivorlar, turli suv o‘tlari)
tarkibida yod va ftorning ko‘pligi ham
salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining atigi
uch foizigina ortiqcha vaznga ega.
Sog‘lom va uzoq yashash uchun yaponlardan
ko‘k choy ichishni, soya va pishgan baliqni ko‘p
iste’mol qilishni o‘rgansa bo‘lar ekan.
Fransuzlar esa taomlarni juda kam iste’mol
qilishadi. Hatto restoranlarda kosaga solib
beriladigan bir kishilik ovqat miqdori ham
boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ancha
kam. Buning ustiga taomni mayda chaynab,
sekin iste’mol qilish urf bo‘lgan. Ayni chog‘da,
ular pishloq, qaymoq, go‘sht, yog‘, turli pashtet
va vinoni xush ko‘rishadi, shoshilib
ovqatlanishga esa madaniyatsizlik belgisi deb
qarashadi. Shoshilmay ovqatlanish tufayli bir
oyda 4-5 kilogramm ortiqcha vazndan xalos
bo‘lish va organizmni oz miqdordagi taomlarga
qanoat qilishga o‘rgatish mumkin ekan.
Skandinaviyada qish qattiq keladi, yoz esa
qisqa. Iqlim ancha noqulay hisoblanadi. Biroq
mamlakat aholisi yog‘li baliq go‘shtini ko‘p
iste’mol qiladi. Baliq yog‘i yurak, qon tomirlar,
bo‘g‘imlarni himoya qilib, altsgeymer
xastaligining rivojlanish jarayonini susaytiradi.
1970-yillarning boshiga qadar bu mamlakat
aholisi yurak xastaligi bilan bog‘liq o‘lim
holatlari bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda
turardi. Toza havoda jismoniy mashqlar bilan
shug‘ullanish targ‘iboti keng yo‘lga qo‘yilgach,
ahvol o‘zgardi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat
aholisining yetmish foizi sport bilan faol
shug‘ullanadi. Ulardan ko‘p baliq iste’mol qilish
va sport bilan yopiq zallarda emas, ochiq
havoda shug‘ullanishni o‘rgansa arziydi.
Italyanlar esa Yevropadagi eng ko‘p
chekuvchilardir. Shunga qaramay, Apennin
yarim orolida yashovchi bu xalq orasida yurak-
qon tomir va saraton xastaliklari kam uchraydi.
Uzoq umr ko‘rish sirlarini italyanlar mo‘‘tadil
dengiz iqlimi, achchiq qizil qalampirni ko‘p
iste’mol qilish hamda oilaviy-qarindoshlik
munosabatlari mustahkamligi bilan
izohlaydilar. Ulardan kengfe’llikni, yayrab
yashash, ishga mukkasidan ketmaslikni
o‘rganish mumkin.
Kubada asosiy oziq-ovqat turlari talon orqali
sotiladi, odamlar eng o‘tkir sigaralarni ko‘p
chekishadi, kofeni litrlab ichadi. Shunga
qaramay, aholining o‘rtacha umr ko‘rishi
yuqori. Mamlakat sog‘likni saqlash tizimi
samarali ishlaydi. Kubaliklar nihoyatda optimist
odamlar. Ulardan depressiyalarga berilmaslik
va omadsizlikdan aziyat chekmaslikni o‘rganish
kerak.
* * *
Boris Bolotov yoshi saksondan oshganiga
qaramay, sog‘ligidan shikoyat qilmaydi, xotirasi
mustahkam, o‘zi bardam va tetik. Shu sababli
o‘zini o‘smirlarday yengil his qiladi. Uning uzoq
vaqt sog‘lom, bardam va baquvvat yashashining
o‘ziga xos sirlari ko‘p. U uyida tarkibi to‘rt xil
kuchsiz kislotadan iborat vino tayyorlaydi. Turli
kvaslar tayyorlash ham uning “xobbisi”. Uning
fikricha, bu ichimliklar organizmdagi viruslar,
zamburug‘lar va bakteriyalarni o‘ldiradi. “A’zoi
badanimdagi suyaklar xuddi yosh
bolalarnikidek egiluvchan. Nahang, osetra,
kambala baliqlari, kalmarlar, agar birorta
yirtqich hamlasiga duch kelmasa, juda uzoq
yashaydi. Angliyada vazni o‘n uch kilogrammlik
kambala tutilganda uning 850 yil yashagani
aniqlangan”, deydi u.
B. Bolotovning fikriga ko‘ra, odam tanasidagi
limfalar hamisha tuzga to‘yingan bo‘lishi kerak.
Shunda bironta kasallik yo‘lamaydi, limfalardagi
tuzning kamayishi immunitetning susayishiga
olib keladi. Biroq e’tibor beradigan jihat
shundaki, o‘sha tuzlar tarkibi kaltsiysiz bo‘lishi
kerak. Shifokorlar ko‘pincha suyaklarni
mustahkamlash uchun kaltsiy qabul qilishni
maslahat berishadi. To‘g‘ri, kaltsiy suyakni
mustahkamlaydi. Biroq ayni shu jarayonda
tog‘aylar va qon hosil bo‘luvchi iliklar ziyon
ko‘radi. Shuni yoddan chiqarmangki, kaltsiy
miqdori osh tuzida 17 foiz, oddiy suvda 15 foiz,
ko‘pgina dori-darmonlar tarkibida esa 40 foizni
tashkil etadi. Kaltsiyni me’yordan ortiq qabul
qilish tufayli biz o‘z tog‘aylarimizni shikastlab,
qarilikni yaqinlashtiramiz.
B. Bolotov ko‘p yillar shifoxonalarda bo‘lib,
vafot etgan kishilarning kasallik tarixini
o‘rgangan va turli xastalikdan ko‘z
yumganlarning aksariyati qonining
quyuqlashishidan qazo qilganiga e’tibor
qaratgan. Shunda odamlar xastalikdan emas,
ko‘pincha qonining quyuqlashishidan o‘ladi,
degan xulosaga kelgan. Uning o‘zi esa
organizmidagi kaltsiyni muttasil ravishda turli
kvaslar, vinolar bilan yuvib turadi. Shu sababli
tog‘aylari mayin va egiluvchan. U a’zoi
badanidagi kaltsiysiz tuz me’yorini saqlash
evaziga turli shishlar va qonning quyuqlashishi
oldini olishga harakat qiladi. Negaki, qonning
quyuqlashishi ishqoriy muhitdagina ro‘y beradi.
Organizm har kuni 500 gramm miqdorida
ishqoriy muhitli o‘lgan to‘qimalarni ishlab
chiqaradi. Radiatsiya, nitratlar, zaharli
moddalar ta’sirida zararlangan to‘qimalar ham
ana shunday ortiqcha chiqit bo‘lib, ulardan
qutulish uchun organizmga har kuni 8-9 litr
me’da shirasi (kuchsiz kislotalar) zarur bo‘ladi.
Ekologiyadagi o‘zgarishlar tufayli organizm
bundan kamroq miqdorda me’da shirasi ishlab
chiqaradi. Me’da shirasi yetishmasligi tufayli
organizmdan chiqib keta olmagan ortiqcha
chiqitlar shishlarni hosil qiladi.
Buning ustiga biz ko‘katlar va dori-darmonlar
bilan organizmimizni yanada ishqorlaymiz.
Odam ichagining uzunligi echkinikidek 35 metr
emas, atigi besh metr xolos. Shu sababli o‘tlar
ichaklarda achib ulgurmaydi. Bunda achitilgan
karam, sabzi va lavlagi iste’mol qilish
organizmga yordam beradi.
Qadimgi misrlik kohinlar va shifokorlar
fir’avnlarni tuz singdirilgan papirus matosiga
o‘rab qo‘yish, tuzlamalar va maxsus taomlardan
iste’mol qildirish yo‘li bilan yashartirishga
muvaffaq bo‘lishgan. Buning ustiga misrliklar
zamonaviy tibbiyotdan farqli o‘laroq,
xastalikning asoratini emas, uning sabablarini
davolashda mohir bo‘lishgan.
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 1260 | | Теги: Umr uzoqlik Sirlari | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Sentyabir 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz