SHERLAR.BIZ Dushanba, 23.12.2024, 00:30
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 28
Mexmonlar: 28
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Fevral » 1 » "Ummon" guruhi G‘ulomjon Yoqubovga javob berishga tayyor
01:30
"Ummon" guruhi G‘ulomjon Yoqubovga javob berishga tayyor
Yoshlar orasida mashhurlikka erishgan, 2012 yilning eng yaxshisi deya e’tirof etilgan "Ummon” guruhi. Garchi ularning muxlislari ko‘p bo‘lsa-da, guruhning ijodiga tanqidiy ko‘z bilan qaraydiganlar ham yo‘q emas. "Ummon” guruhining muxlislari va aksincha ularga tanqidiy nazar bilan qaraydiganlarni uchrashtirgan bahsni e’tiboringizga havola etamiz. 

Oqlovchilar: Suhrob, Nargiza, Islom ("Ummon” guruhining ma’muri)

Qoralovchilar: Farhod, Abdulaziz va Mahmud.

Suhbatni oqlovchilar boshladi.

Suhrob: — Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda sermahsul ijod qilayotgan guruhlaridan yagonasi shu — "Ummon” guruhi. To‘g‘ri, kamchiliklari ham bor-ku, dersiz, ammo "Ummon” ana shu kamchiliklari bilan ham zo‘rligini ushlab qolyapti. Bilishimcha, guruhingiz qo‘shiqlarini 100 foiz Zohid yozadi, shundaymi?

Jasur, guruh vakili: — Repertuarimizdagi uchta qo‘shiqdan tashqari barchasining muallifi Zohid. Munisa Rizayeva bilan kuylagan "Vo ajab” qo‘shig‘ini Eldor Qayumov, boshqa ikkita qo‘shig‘imizni Shahboz ismli ijodkorlar bilan hamkorlikda yozganmiz.

Nargiza: — Ochig‘i, ularning bugungi kunda erishgan yutuqlaridan xursandman. Bunga havas qilsa arziydi, tan olmaslikning ilojisi yo‘q.

Abdulaziz, qoralovchi: — Oqlayman desak, maqtashga arzigulik tomonlari ko‘p. Biroq kamchiliklarga qachongacha ko‘z yumish mumkin. Ularning ijodi yaxshi ekanligini isbotlab bering-chi... Sizlar deyarli barcha qo‘shiqlaringizni shevada kuylaysiz. Oddiy misol, viloyatda sizlarning qo‘shiqlaringizni tinglayotgan muxlislaringiz ham, Toshkent shevasida "votti-votti” deb gaplashishadi. San’at va adabiyotning o‘z qonun-qoidalari, tili bor. Ularga amal qilish shart!

Zohid guruh vakili: — To‘g‘ri, qo‘shiq matnlarida kamchiliklar yo‘q emas. Ayni kunlarda mana shu narsalarni bartaraf etish uchun matn yozish jarayonida o‘zimizdan ko‘ra mahoratli bo‘lganlar bilan ishlashga harakat qilyapmiz.

Farhod: — Balki saviyasizlikka hamma ishni Zohidning o‘zi bajarayotgani sababdir.

Zohid: — Saviyasizlik bo‘lgan... O‘sha paytda biz yosh, san’atning qonun-qoidalarini unchalik ham yaxshi bilmaganmiz.

Shohrux, guruh vakili: — Uch-to‘rt yil avvalgi qo‘shiqlarimizni hozir eshitsak, o‘zimiz ham kulamiz. Ijodimizda saviyasi past bo‘lgan qo‘shiqlar borligini tan olamiz. Ammo yoshimiz katta bo‘lgani sayin, biz ham tinglovchilarga saviyasi balandroq qo‘shiqlar yetkazishga harakat qilyapmiz.

Farhod: — San’at insonni ezgulikka va hatto yomonlikka ham boshlakshi mumkin. Sizlar san’atingiz bilan odamlarni nimaga chorlayapsizlar?

Zohid: — Bizning ijodimiz asosan tengdoshlarimiz uchun. Ayni kunlarda o‘smir yigit va qizlarning eng og‘riqli dardi nimada? Albatta, sevgi-muhabbat! Shuning uchun ham ijodimizning deyarli 95 foizni shu mavzu egalagan.

Abdulaziz: — Gapingiz to‘g‘ri-ku-ya, ammo ijodingizda sevgan qizi tashlab ketgan yigit mavzusi keng yoritilgan. Qo‘pol qilib aytganda doim qizlarga yalinayotgan yigitlarni aks ettirishga harakat qilasizlar?

Jasur: — Biz yigit kishimiz-ku! Yigit bo‘lib, qizlarning dardini olib chiqishimiz noto‘g‘ri bo‘lar.

Shohrux: — "Men qizimni tashlab ketdim” deb qo‘shiq aytish kulgili bo‘lardi, nazarimda.

Abdulaziz: — Aynan shunday deb aytish shart emas. Mavzuni xolis kuzatuvchi sifatida ham ko‘tarish ham mumkin-ku? Buning uchun sizlarga mahorat kerak xolos.

Zohid: — Mana kuni kecha "Xo‘rlangan qiz” nomli filmga sauntrek yozdik. O‘sha qo‘shiqda qizning dardini ochib berganmiz.

Suhrob: — "Ummon” guruhining dastlabki qo‘shiqlarini saviyasiz deb ko‘p aytishadi. Aslida "Ummon” ning o‘ziga xosligi aynan o‘sha ilk qo‘shiqlarida edi. Agar ular o‘sha o‘ziga xoslikni yo‘qotishsa, guruhning mashhurlikka erishgan nomi yo‘qoladi. Kim qancha tanqid qilsa, ham "Ummon” o‘zining uslubida qolishi kerak.

Farhod: — Unday bo‘lsa, san’atning san’atligi qayda qoladi? Bu sohada mukammalikka harakat bo‘lishi kerak-ku. Agar hamma o‘zi istagan mavzuda kuylayversa, o‘zbek estrada san’ati jarga qulamaydimi?

Suhrob: — Men aytmoqchi bo‘lganim, san’atda hamma o‘z yo‘nalishini, o‘ziga xos jihatlarini saqlab qolishi kerak. Hamma ham bir tinglovchi istagan yo‘nalishda kuylashi shart emas.

Zohid: — Qo‘shiq kuylashni boshlaganda, ochig‘i, biz o‘z yo‘nalishimizni, san’atdagi imkoniyatimizni bilmasdik. Tajriba oshgan sayin esa har birimizning imkoniyatimizni aniqlanyapti.

Farhod: — Har biringizda yo‘nalish bor, bu kuylash jarayonida sezilib turadi. Negadir konsertlaringizda biringizning ovozingiz yangraganda, boshqa birov mikrofonda qo‘shiq kuylayotgan vaziyatlarni ko‘p kuzatganman.

Zohid: — Gap shundaki, biz konsertlarda hech qachon mikrofonni o‘chirmaymiz. Shohrux yo Jasur kuylaganda men, men qo‘shiq aytayotganimda ular jim turolmaydi. Shuning uchun fonogrammada ovozim ketayotgan bo‘lsa-da, boshqalar ham qo‘shilib turadi.

Farhod: — "Ummon” guruhidan oldin Zohidning o‘zi yakkaxon xonanda sifatida tanilgan edi. Aytaylik, bugun Zohid bo‘lmasa, guruh saqlanib qoladimi?

Shohrux: — Zohid, Jasur, Shohrux — "Ummon”ning bir bo‘lagi. Nafaqat Zohid, balki Jasur yoki men ketsam ham "Ummon” tarqalib ketadi.

Mahmud: — 15 yildan keyin yo‘nalishingiz qanday bo‘ladi?

Jasur: — Buni vaqt ko‘rsatadi. "Bolalar” guruhi misolida gapiradigan bo‘lsak, ular ham yildan-yilga o‘sib, yo‘nalishini saqlab qolishgan. Guruhdagi kuylanayotgan qo‘shiqlarning mavzulari yoshiga mos tarzda o‘zgarib kelgan.

Mahmud: — O‘zbekiston xalq artistlari G‘ulomjon Yoqubov va Munojat Yo‘lchiyevlar sizlarning Munisa Rizayeva bilan aytgan "Vo ajab” qo‘shig‘ingizni kuylashdi.

Zohid: — Ularning duetini eshitib ochig‘i tan berdim. Bizga juda yoqdi.

Aliya: — Bu mavzuda G‘ulomjon Yoqubovga murojaat qilganimizda "Biz yoshlarni tanqid qiladigan bo‘lsak, birinchi bizning yo‘nalishimizda kuylab ko‘ring. Buni ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor, deyishadi. Mana biz kuyladik. Endi navbat ularga” deb javob qaytardi. Sizlar uning qaysi qo‘shig‘ini kuylay olgan bo‘lardi?

Zohid: — Biz ham ustoz san’atkorning o‘zidan ruxsat olgan holda, "Ey dil” va "Dilorom” nomli qo‘shiqlarini qayta kuylamoqchimiz.

Nargiza: — Zohid, siz avval musiqa yozib, keyin unga she’r bitasizmi?

Zohid: — Birinchi galda musiqa yozib, keyin unga ovozga moslashtiraman. Tan olish kerak, she’r yozishda mahoratim yetarli emas.

Abdulaziz: — She’rga musiqani moslashtirish to‘g‘riroq bo‘lmaydimi?

Zohid: — Bunday uslubda yaralgan qo‘shiqlarimiz ham yo‘q emas. Ammo menimcha, qo‘shiq kuylashda ovoz yo‘lining o‘rni juda katta. Agar she’r ham, musiqa ham, yaxshi bo‘lib unga ovoz yo‘li topilmasa, kuylangan qo‘shiq bir tiyinga qimmat bo‘lib qolaveradi.

Farhod: — Bugungi kunda jonli ijroda kuylash ommalashib boryapti. Sizlar qachon jonli ijroda kuylashga o‘tmoqchisizlar?

Zohid: — O‘tgan yilgi so‘nggi konsertimizda 3 ta qo‘shig‘imizni jonli ijroda kuylaganmiz. Keyingi yakkaxon konsertlarda buni ko‘paytirish niyatimiz yo‘q emas. Bu harakatni hozirdan boshlaganmiz. Jonli kuylash talab etiladigan yo‘nalishda qo‘shiq yozyapmiz...

Islom: — So‘nggi yaratilayotgan barcha qo‘shiqlar hozirda "O‘zbeknavo” estrada birlashmasining "elagidan” o‘tib kelyapti. Ilgari biz yozgan qo‘shiqlar shunchaki tarqatilgan bo‘lsa, hozir ularni maxsus mutaxassislarga eshittirib keyin xalqqa beryapmiz.

Tomonlar xulosasi:

Zohid: — Uchrashuvga kelishdan avval, ko‘nglim biroz g‘ash bo‘lgandi. Yana oddiy intervyu bo‘ladi degan xayolda edim. Ammo bugungi uchrashuv matbuotdagi eng yaxshi va esda qolarli uchrashuvlardan bo‘ldi. Fikr almashib, tanqidchilardan bizning foydamizga bo‘lgan takliflar oldik.

Nargiza: — "Ummon"chilar boshqalarga o‘xshab qo‘shiqlarini radio, TV orqali reklama qilib tanilmadi. Ular havas uchun kuylab yurishganda, yoshlarning o‘zi qo‘shiqlarini topib tingladi. Xulosam shuki, oqlovchi bo‘lib adashmagan ekanman. "Ummon" guruhining hali o‘qimay turib shuncha yutuqqa erishganining o‘zi katta gap. Asosiysi, ular izlanishda va xatolarini tuzatishga harakat qilishmoqda. Bilmaslik ayb emas, o‘rganmaslik ayb. Ular esa o‘rganishmoqda.

Abdulaziz: — "Ummon” guruhi yigitlari ijodidagi ayrim kamchiliklarni o‘zlari bilan muhokama qilib shunday xulosaga keldimki, ijodkorlar yosh bo‘lishiga qaramay tanqidlarni xolisona qabul qilishlari bilan o‘rnak bo‘lishga arziydi. Hatto ular muhokama so‘nggida "Aytilgan tanqid va takliflaringizni albatta inobatga olamiz”, deya fikrlarimizni odob bilan qabul qilishdi. Kelajakda guruh qo‘shiqlaridagi so‘zlar ma’nosi, she’riy qofiyalar va kliplari mazmuniga e’tiborli bo‘lishsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Manba:darakchi.uz
Категория: Shou biznes olami | Просмотров: 1103 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
Madinabonu01.02.2013 08:00
Zoha01.02.2013 09:31
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Fevral 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz