O’zbek estradasining ko’plab xonandalariga musiqa bastalab berayotgan bastakor Ahmad Hojimatovga bir necha kun ilgari Ulug’bek Rahmatullaev iPhone 5s rusumli telefonni sovg’a qildi. «Meni kechir» taronasining omadli jarangidan ruhlangan Ulug’bek uning bastakorini hursand qilishni niyat qilgan ko’rinadi. Iste’dodli bastakor Ahmad Hojimatov tomonidan bastalangan juda ko’plab qo’shiqlar hit darajasiga yetmoqda. Jumladan, Ulug’bek Rahmatullaev ijrosidagi juda ko’plab taronalar musiqa muallifi ham shu bastakor hisoblanadi. Ayni kunlarda Ahmad Hojimatov O’zbekiston Respublikasi Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bilan birgalikda ijod qilmoqda. Iste’dodli bastakor endilikda Ozodbek Nazarbekovning yakkaxon konsert dasturi uchun bir qator qo’shiqlarni bastalash ishlari bilan ovora. Demak, yana yangi hit taronalar dunyoga kelish arafasida ekan. Yangi taronalarni kutib qolamiz.