Главная » 2016»Oktyabr»29 » Ucell va Pepsi’dan yangi aksiya — “Oching va muloqot qiling”
18:50
Ucell va Pepsi’dan yangi aksiya — “Oching va muloqot qiling”
Ucell va Pepsi kompaniyalari 2016-yil 1-oktabrdan 2017-yil 28-fevralgacha “Oching va muloqot qiling” qo‘shma aksiyani boshlab yuborishi haqida e’lon qilmoqda. Pepsi, Mirinda va 7Up salqin ichimliklarini xarid qilgan Ucell abonentlari o‘z yaqinlari va do‘stlari bilan muloqot qilish uchun kafolatlangan bonuslardan biriga ega bo‘ladi. Ucell kompaniyasining Press-ofisi buning yuzasidan quydagilarni xabar qiladi. Foto: Ucell Bonuslarga ega bo‘lish uchun abonent ushbu aksiya o‘ramiga solingan Pepsi, Mirinda yoki 7Up kabi salqin ichimliklardan birini sotib olishi, sariq qopqoq ostida maxfiy kod topishi, keyin *101*maxfiy kod# terib va USSD-so‘rovni jo‘natib, uni faollashtirishi lozim. Har bir alohida muvaffaqiyatli faollashtirilgan maxfiy kod abonentga tarmoq ichida muloqot yuritish uchun 10 daqiqa yoki 5 Mb Internet yoxud Android One General Mobile o‘ta zamonaviy smartfon va Ucell’dan yangi abonent raqamini o‘ziga kiritadigan Android One Prize sovg‘a to‘plamni taqdim etadi. Alisher Hamidov — Tadbirkorlik departamenti Direktori: “Bugungi kunda Ucell kompaniyasi yagona aksiya orqali ikkita savdo markasini birgalikda ilgari surish yo‘nalishini rivojlantirmoqda. Pepsi bilan birga amalga oshirilayotgan yangi aksiya ushbu yo‘nalishdagi misol sifatida xizmat qiladi. Abonentlar o‘z yaqinlari va do‘stlari bilan aloqa qilishi hamda Ucell kompaniyasi va Pepsi savdo markasi resurslarini birlashtirish barobarida biznesning alohida yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun imkoniyatlarni birlashtirish nafaqat kobrending mahsulotlarini, balki sifat jihatdan yangi servislarni bozorga chiqarish va abonentlar uchun ulardan foydalanishni qulaylashtirishga imkon beradi. Biz ularga qulay servis taklif qilyapmiz, xizmatlar ko‘lamini
kengaytiryapmiz va abonentlar yaqinlari bilan yoqimli muomala qilishi uchun yangi qo‘shimcha imkoniyatlarI