Главная » 2014 » Aprel » 3 » Ucell barcha telefonlarga mos keluvchi SIM-kartani taqdim etdi
07:56
Ucell barcha telefonlarga mos keluvchi SIM-kartani taqdim etdi
Ucell aloqa operatori O‘zbekistonda birinchi bo‘lib MultiSIM xizmatini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya sayti xabar bermoqda. MultiSIM bu bir nechta adapterlarga ega bo‘lgan nano SIM-karta bo‘lib, u kesish yoki almashtirishsiz turli telefonlarda talab etiladigan hajmga keltirish imkonini beradi. MultiSIM adapterlaridan foydalanib, SIM-kartani kerakli — oddiy, mikro-SIM va nano-SIM formatlarga keltirish mumkin.
MultiSIM karta kiritilgan ulanish paketining narxi: ulanish uchun 2000 so‘m va MultiSIM xizmati uchun 0,90 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Ucell SIM-kartasini MultiSIM kartaga almashtirish narxi esa 1 dollardan iborat. Xizmat kompaniyaning haqi oldindan to‘lanadigan tizim (Prepaid) abonentlari uchun amal qiladi.