Главная » 2014»Fevral»27 » Ucell aksiyasida 500 Gb traffik uchun 7 mln so‘m sarflagan buxorolik g‘olib bo‘ldi
23:47
Ucell aksiyasida 500 Gb traffik uchun 7 mln so‘m sarflagan buxorolik g‘olib bo‘ldi
Ucell kompaniyasi abonenti buxorolik Suhrob G‘ulomov hammadan ko‘p mobil internet trafigini sarflab "Internet-poygalar” aksiyasi g‘olibiga aylandi. Aksiya davomida — 2013-yilning 20-dekabridan 2014-yilning 20-fevraliga qadar G‘ulomov Ucell mobil internetida 511 153 Mb (499 Gigabaytdan ziyod) trafik ishlatgan. Aksiya g‘olibi bosh sovrin — Malayziyada bo‘lib o‘tadigan "Formula 1” Gran-prisiga 2 kishilik yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda Mobinfo.uz xabar berdi.
Mobinfo.uz’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, abonent aksiya davomida g‘alaba qozonish uchun taxminan 7 121 000 so‘m sarflagan. U yutib olgan sovrin esa quyidagilardan iborat:
Ikki kishilik Toshkent—Kuala-Lumpur—Toshkent aviachiptasi, Gran-pri o‘tkaziladigan vaqtda Kuala-Lumpur shahridagi 5-yulduzli Prince Hotel & Residence mehmonxonasida ikki kishilik xona, 2014-yilning Petronas Malaysia "Formula 1” Gran-prisi o‘tkaziladigan Sepang International Circuit avtodromining Sapphire minbariga ikki kishi uchun chipta. Nashrning Toshkentdagi turistik kompaniyalardan birida aniqlashicha, Malayziyaga ikki kishi uchun bir haftalik "Formula 1”ga tashrif ham ichida bo‘lgan sayohat narxi 12 million so‘mni tashkil etadi.
Shunday qilib, buxorolik Suhrob G‘ulomov 7 121 000 so‘m sarflab, 12 million so‘mlik yutuqni qo‘lga kiritdi.