Главная » 2014»Mart»22 » Twitter “xeshteg” va “replay”lardan voz kechishi mumkin
06:39
Twitter “xeshteg” va “replay”lardan voz kechishi mumkin
Twitter mikrobloglar servisi "xeshteg” (hashtag — #) va "replay” (reply — @)larni ommaviy foydalanuvchilar uchun tushunarliroq qilish uchun bosh qotirmoqda. Ular o‘zlarining odatdagi shaklini yo‘qotishi mumkin. Bu haqda TJournal xabar berdi.
17-mart kuni Twitter yangiliklar bo‘limi rahbari Vivian Shiller jurnalistlar konferensiyasida so‘zga chiqdi. U "xeshteg” va "replay”larni "kam kishi tushunadigan” funksiyalar deb atadi. Kelajakda servis ularni yo‘qotishi mumkinligiga ishora qildi.
Kompaniya bosh direktori Dik Kostolo ham Twitter’ni soddalashtirish, unda kontentni birinchi o‘ringa qo‘yish haqida gapirgan edi. U yangiliklar tasmasida rasmlar hamda suhbatlar zanjirining paydo bo‘lishi bu borada o‘z samarasini berganini ta’kidladi. "Tasodifiy yoki yangi foydalanuvchilar uchun servisimiz tushunarli bo‘lishi kerak”, — dedi u.
Biroq Kostola "xeshteg” va "replay”lardan voz kechish qarori haqida hech qanday ma’lumot bermadi. Shiller kelajakdagi o‘zgarishlar haqida tasodifan gapirib yuborgan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilmoqda nashr. Ayni paytda alfa-sinovdan o‘tayotgan Android uchun Twitter dasturining skrinshotida ma’lum bo‘lishicha, endi "replay”lar @username’siz ifodalanadi.