Главная » 2014»Mart»27 » Turkiyada sud Twitter’ga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni buyurdi
08:32
Turkiyada sud Twitter’ga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni buyurdi
Anqara ma’muriy sudi Twitter mikrobloglar tarmog‘iga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Agence France-Presse xabariga tayanib Gazeta.Ru ma’lumot bermoqda.
Mamlakatda 21-martga o‘tar tunda mazkur tarmoq bloklanganidan keyinoq Turkiya advokatlar hay’ati buni bekor qilishni so‘rab sudga da’vo arizasi kiritgan edi, sud mazkur da’voni qondirdi. Sudyalarning ta’kidlashlaricha, Twitter’ga kirishni cheklab qo‘yish “huquqiy davlat tamoyillariga ziddir”.
Yaqin orada sud Turkiya Telekommunikatsiyalar va aloqa boshqarmasiga o‘z qarorini yetkazadi va mamlakatda Twitter yana ishga tushadi, deyiladi xabarda.
Avvalroq Birlashgan millatlar tashkiloti ham mamlakatni mazkur mikrobloglar tarmog‘iga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashga chaqirgan edi.