Главная » 2013»Yanvar»12 » Toshkentning Uchtepa tumanidapasport rejimini buzgan 100 danziyod fuqaro aniqlandi
11:17
Toshkentning Uchtepa tumanidapasport rejimini buzgan 100 danziyod fuqaro aniqlandi
Toshkent shahar Uchtepa tumanida “Pasport-viza” operatsiyasini o'tkazish paytida pasport xizmati xodimlari tomonidan pasport rejimini buzish bo'yicha yuzdan ziyod holat aniqlangan.Qoidabuzarlarga nisbatan ma'muriy xarakterdagi choralar ko'rilib, 67 kishi mamlakatdan chiqarib yuborildi, deya xabar beradi O'zbekiston IIVning matbot xizmati. Uchtepa tumani IIB kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limining boshlig'i podpolkovnik Yo'ldosh Mo'minovning so'zlariga ko'ra, daktiloskopik pasport tizimining yaratilishi yangi, xalqaro andozalarga mos keluvchi darajaga chiqish imkonini beradi, chunki barmoq izi uning sohibi haqida ko'p ma'lumotlarni berishi mumkin. Aytish joizki, mazkur tuman IIBning kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi xodimlari tomonidan so'nggi paytlarda 16 yoshga to'lgan yigit-qizlarga 2000 dan ziyod yangi namunadagi pasportlar berilgan. Ushbu xizmat xodimlari tomonidan kam ta'minlangan oilalarning a'zolari bo'lgan fuqarolarga 8 ta pasport imtiyozli shartlarda topshirilgan.