SHERLAR.BIZ Juma, 19.04.2024, 17:26
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Mart » 1 » Toshkentda 50 dan ortiq internet-kafe rahbariga 20 million so‘m jarima solindi
08:22
Toshkentda 50 dan ortiq internet-kafe rahbariga 20 million so‘m jarima solindi
O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari, shu jumladan mobil internetdan foydalanuvchilar soni 2013-yil birinchi kvartalidayoq 10 million 89 mingtani tashkil qilgan edi. Aksariyat telefonlarda umumjahon tarmog‘iga kirish imkoni mavjudligi va har bir tumanda internet-kafelar faoliyat yuritayotganligini hisobga olsak, hozirda bu ko‘rsatkich yanada kattaroq ekanligi tabiiy. Shunday vaziyatda voyaga yetmaganlarning internetdan to‘g‘ri foydalanishlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega, deb yozadi "Pravda Vostoka” gazetasi sayti.
O‘zbekiston Respublikasining "Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunining 7-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxslar o‘qish vaqtida va tungi paytda ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining kuzatuvisiz internet-kafelarda bo‘lishi mumkin emas. Mazkur me’yorga amal qilinmagan taqdirda ota-ona va internet-kafe muassasasi ma’muriyati tegishli tarzda javobgarlikka tortiladi.

Qonun qabul qilinganidan buyon o‘tgan uch yil muddat mobaynida, garchi qoidabuzarliklar uchrab tursa-da, ahvol ancha yaxshilangan, deyishmoqda huquq-turtibot idoralari xodimlari. Masalan, 2013-yili Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bu borada uch bosqichda 311 ta tadbir o‘tkazdi. Reydlarda profilaktika inspektorlari tomonidan jami 130 nafar bolalarning internet-kafelardan noqonuniy foydalanishi holatlari aniqlandi. Ushbu holatlar bo‘yicha 50 dan ortiq muassasa rahbarlari jazolandi – ularga jami 20 million so‘mga yaqin jarima belgilandi.

Masalan, o‘tgan yili Chilonzor tumanidagi internet-kafeda tun payti o‘tkazilgan reyd chog‘ida u yerda chiroqlarni o‘chirilganligi, geymerlar virtual o‘yinga kirishib ketganliklari aniqlandi. Ular orasida ikki nafar voyaga yetmagan bola ham bor edi. Muassasaning yoshgina ma’muri bu holatga biron izoh bera olmadi, bolalarning ota-onalaridan so‘ralganida, ular farzandlari uydan chiqib ketganini payqamay qolishganligini aytishdi.

Ba’zan internet-kafe ma’murlari yuqoridagi qonundan umuman bexabarliklarini aytishadi. Hatto ulardan ayrimlari rasman ishlamasdan, ish haqini ham noqonuniy tarzda olishayotgani aniqlanmoqda; bunday hollarda soliq idorasiga xabar qilinib, muassasa rahbari javobgarlikka tortilmoqda.

Tabiiyki, o‘smirlarning o‘qish soatlarida darsga kirmay, internet-kafeda o‘yin o‘ynab o‘tirishlari ko‘p salbiy oqibatlarga olib keladi. Avvalo, ular o‘zlashtirishda orqada qolishadi, qolaversa, virtual olamga bog‘lanib qolib, ruhiyatida salbiy o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bunday holatlarga qarshi kurashish har bir ota-onaning va internet xizmatini taqdim etuvchi muassasa ma’muriyatining burchidir.
Категория: O`zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 885 | | Теги: Toshkentda 50 dan ortiq internet-ka | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Mart 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz