Статистика |
Hozirda saytda: 13 Mexmonlar: 13 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Dekabr » 6 » Tokioda “Katta Dubulg'a” turniri boshlandi, ilk natijalar
06:05 Tokioda “Katta Dubulg'a” turniri boshlandi, ilk natijalar |
Bugun Yaponiya poytaxti Tokio shahrida dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi yilning 4 ta yirik musobaqasidan biri start oldi. Ushbu nufuzli turnirda Andrey Shturbabin bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi dzyudochilari ham ishtirok etishyapti.
60 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Diyorbek O'rozboev ilk davrada AQSh vakili Aaron Kunixironi taslim etdi. Ammo ikkinchi bosqichda mo'g'ulistonlik Ganbat Boldbaatarga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
66 kg. vazn toifasida tatamiga chiqayotgan olimpiya o'yinlarining ikki karra bronza medal sovrindori Rishod Sobirov ikkinchi davradan bahslarga qo'shildi. U bu bosqichda iroqlik Qadim Qadimni mag'lubiyatga uchratdi. Sobirov uchinchi bosqichda azaliy raqibi ukrainalik Georgi Zantarya bilan hisob-kitob qiladi.
73 kg. vaznda ishtirok etayotgan Sarvar Shomurodov ikkinchi davradan bahslarga qo'shiladi va bu bosqichda u isroillik Muki Sagi bilan bel olishadi.
81 kg. vazn toifasidagi vakilimiz Yaxyo Imomov o'z ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshlaydi. Uning raqibi ispaniyalik Lorentso Nasimento va serbiyalik Nemanya Majdov bahsidan so'ng aniqlanadi.
90 kg. vaznda yurtimiz sharafini Davlat Choriev himoya qilyapti. Choriev ikkinchi davrada yaponiyalik polvon Mashu Baker bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Bu vaznda qatnashayotgan ikkinchi vakilimiz Kamoliddin Xolmamatov esa ilk bosqichda ozarbayjonlik Firudin Dadashov bilan uchrashadi.
100 kg. vazn toifasida ishtirok etayotgan Ramziddin Saidov birinchi bosqichda xitoylik Rijigava bilan hisob-kitob qiladi. Va nihoyat, +100 kg. vazn toifasidagi polvonimiz Abdulla Tangriev ilk davrada Janubiy Koreya vakili Kim Sun-Min bilan to'qnash keladi.
Ushbu “Katta Dubulg'a” turnirida 2016 yili Rio-de-Janeyro shahrida o'tkaziladigan olimpiya o'yinlarining muhim reyting ochkolari o'ynalyapti. Mazkur musobaqa yakunlangach, terma jamoamiz dzyudochilari Tokio shahrida yana 3 kun davomida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishadi va reja bo'yicha 10 dekabr kuni Toshkentga qaytib kelishadi.
|
Категория: Sport yangiliklari |
Просмотров: 831 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|