"Istaravshon" - "Energetik" uchrashuvi 8 noyabr kuni o'tkazilib, o'yinning 81-daqiqasida 1:1 hisob bilan to'xtatilgandi. O'yinni maydondagi ommaviy janjal tufayli to'xtatishga to'g'ri keldi, unda nafaqat futbolchilar, balki tribunalardan yugurib chiqqan tomoshabinlar ham ishtirok etgan.
Murodov va Mirzoev "Energetik” jamoasining darvozasiga urilgan golni hisobga olgani va keyin Mirzoevni maydondan chiqarib yuborgani uchun o'yinning bosh hakami Bahrom Sa'dulloevni do'pposlashgan.
Diskvalifikatsiyadan tashqari, TFF o'yinchilarga 15 ming somoniy (taxminan uch ming dollar) miqdorida jarima ham solgan. "Istaravshon” jamoasidan esa "Energetik” futbolchisini do'pposlagani uchun Behzod Musoev bir yilga diskvalitsikatsiya qilindi.
"Energetik" futbolchilari Shodibek G'afforov, Umed Chorshanbiev va Pavel Kalugin 10 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilinib, har biriga 5 ming somoniy miqdorida jarima solindi.
Shuningdek, ikkala klub rahbarlari ham 5 ming somoniy jarimaga tortildi. Bunday voqealar takrorlangan taqdirda bundan ham qat'iy choralar ko'rilishi haqida ogohlantirildi. Istaravshon shahrining stadioni ham ikkita o'yinga diskvalifikatsiya qilingan, jamoalarning o'zlariga esa, 0:3 hisobida texnik mag'lubiyat yozilgan.