SHERLAR.BIZ Shanba, 27.04.2024, 03:36
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Aprel » 2 » Tohir Sodiqov: “Yaqinda Sevara Nazarxon bilan duet kuylaymiz”
04:44
Tohir Sodiqov: “Yaqinda Sevara Nazarxon bilan duet kuylaymiz”
Muloqot intervyu” loyihasining navbatdagi mehmoni Tohir Sodiqov bo‘ldi. Unda “Bolalar” guruhining solisti “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i a’zolari tomonidan yo‘llangan savollarga javob berdi.

Foydalanuvchilar tomonidan jami 193 ta savol yuborildi. Ular orasidan eng qiziqarli va hali hech qayerda berilmagan 32 tasi tanlab olinib, intervyuga kiritildi. Marhamat, intervyuni o‘qing.
Baxa Bekov

Здраствуйте, многоуважаемый и очень любимый нами Тохир ака. А правда ли то, что в детсве вы занимались боксом и имеете награды по этому виду спорта? Заранее благодарю Вас за ответ.

Tohir Sodiqov: To‘g‘ri, boks bo‘yicha sport ustaligiga nomzodman. 8 yil shug‘ullanganman.

kitty19

Assalomu alaykum, Tohir aka. Ishonishingiz uchun ko‘rishingiz shartmi?

Tohir Sodiqov: Yo‘q, agar ishonarli odam bo‘lsa so‘ziga ham ishonaman. Umuman olganda, men ko‘pchilikka ishonaman.

Siz uchun dunyodagi eng xotirjam joy qayer?

Tohir Sodiqov: O‘zbekiston.

sevka_1994

Yosh ko‘rinib yurishingizning siri nimada?

Tohir Sodiqov: Ovqat kamroq yeyish kerak. Ko‘proq ishlash, o‘zining kasbini yaxshi ko‘rish kerak. Ko‘p jahl qilish, mag‘lubiyatdan so‘ng “bo‘ldi, endi men uchun hayot tugadi”, deb siqilib yurish kerak emas.

Xurshid Fozilov

Siz san’atdan tashqari yana qanday yumush bilan shug‘ullanasiz?

Tohir Sodiqov: Ta’mirlash, uy ishlari, ofisimizdagi uskunalarni yangilash bilan shug‘ullanaman. Doim izlanishdamiz, yangilikka qarab intilamiz.

Adham Halilov

Tohir Sodiqov insonlardagi qaysi xususiyatni yomon, qaysi xususiyatni yaxshi deb biladi?

Tohir Sodiqov: Sotqinlikni yomon ko‘raman, sodiqlikni yaxshi ko‘raman.
Bek Uzbekistan

Nima uchun “Bolalar” guruhining rasmiy sayti mavjud emas?

Tohir Sodiqov: Nimaga mavjud emas ekan!? Bor, AQShda bolalarmusic.com, Rossiyada bolalarmusic.ru, O‘zbekistonda bolalarmusic.uz.

Raxmiddin Tojiboyev

Telefoningizga Tohir Sodiqovning ashulasini gudok o‘rniga o‘rnating, degan SMS kelsa sizning holatingiz…

Tohir Sodiqov: Menimcha, o‘rnatmas edim. Umuman, gudok o‘rniga musiqa o‘rnatmayman. Menimcha, kimdir menga yaxshi kayfiyatda qo‘ng‘iroq qilsa, gudokda unga yoqmagan musiqa chalinib uning kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi, deb o‘ylayman. Gudok — bu gudok bo‘lishi kerak.

Bek Uzbekistan

Farzandlaringiz ham siz kabi san’at sohasini tanlashlarini va siz kabi san’atkor bo‘lishlarini xohlarmidingiz?

Tohir Sodiqov: To‘g‘risini aytsam, yo‘q. Har bir ota-ona o‘z farzandlarini erkalab o‘stiradi, men bolalarimga bunaqa qiyinchilikni hech ravo ko‘rmas edim. San’atkorning ishini oson deb o‘ylashadi-yu, lekin aslida juda ham qiyin. Ertalabdan ertalabgacha ishlash kerak. Har doim o‘ziga qarab yurishi, so‘zlaganda so‘zlariga e’tibor berishi kerak.

ximichka

Salom! Qizlaringiz sizning izingizdan ketishmadi… Qizlaringizning san’atkorga turmushga chiqishiga qanday qaraysiz?

Tohir Sodiqov: Men bu narsaga to‘g‘ri qarayman. Men o‘zim ham san’atkorman, o‘zim ham bilaman. Bu narsaning hech yomon tarafi yo‘q, deb o‘ylayman.

ლლ Բΐrđลνธ (ørígíñålítý) ლლ

Salom Tohir aka, gaplarga qaraganda Shohruhxon sizning kuyovingiz bo‘lmoqchi. Shu rostmi ?

Tohir Sodiqov: Yo‘g‘-e, bu gap yolg‘on (kuladi). Shohruhxon nimaga endi mening kuyovim bo‘ladi!? Birinchidan Shohruhxon “amaki” bo‘lib qolgan. Mening qizlarim esa hali yosh (yana kuladi).

abbos.azizov

Assalomu alaykum, Tohir aka! Hayotingizda siz uchun eng qiyin bo‘lgan qarorni qabul qilganmisiz? Qachon? Qaror qabul qilishingizdan oldin odatda kim bilan maslahatlashasiz?

Tohir Sodiqov: Odam biror jiddiy qarorga kelishidan oldin eng avval o‘zining yuragini eshitishi kerak. Odamlarni eshitishi kerak emas.

Bek Uzbekistan

Tohir Sodiqov ancha vaqtdan buyon hech bir san’atkorimiz bilan duet kuylamayapti. Yaqin orada sizdan yangi duet kutsak bo‘ladimi?

Tohir Sodiqov: Duet aytish uchun ashulalar ham, takliflar ham ko‘p. Biroq, men avval o‘ylab, keyin duet aytadigan bo‘lganman. Bunga sabab duet yozilib, chiqarilgandan keyin, ba’zi qo‘shiqchilar konsertida dasturini to‘ldirish uchun uni o‘zlari yakkaxon aytib ketishadi. Lekin yaqinda vaqt topa olsak, Sevara Nazarxon bilan duet aytamiz.

fox_man

Deyarli hamma qo‘shiqlaringizning matni va musiqasini o‘zingiz yozar ekansiz. Bu gaplar qanchalik rost?

Tohir Sodiqov: Yuz foiz rost.

Nima uchun sizni hech kim tanqid qilmaydi?

Tohir Sodiqov: Tanqid qilishadi, faqat pichirlab tanqid qilishsa kerak (kuladi). Tanqid qiladigan odam musiqachi bo‘lishi kerak to‘g‘rimi? Kichkina odam katta odamni qanday qilib tanqid qiladi? Bizning estradamiz hali yosh, “Bolalar” guruhi tashkil topganiga esa 25 yil bo‘ldi. Tanqid qiladiganlar bir-ikkitagina bo‘lishi mumkin xolos.
Gangstar7

Assalomu alaykum, Tohir aka! Sizni “Bolalar” deb chaqirishsa yaxshimi yoki “Tohir Sodiqov” debmi?

Tohir Sodiqov: Umuman olganda, menga rasmiy murojaat qilishsa yoqmaydi. Lekin o‘zi yosh bola bo‘la turib, menga “xov, bolalar!” desa yoqmaydi. Sakkiz yil boks bilan shug‘ullanganman, dedim-ku, keyin ehtiyot bo‘lib yurishi kerak bo‘ladi (kuladi).

samandar946

Здраствуйте. у каждого народа есть своя легендарная музыкальная группа. Я считаю что в Узбекистане вы легендарный певец.

Tohir Sodiqov: Men uchun bu xalqning barcha zamonlardagi afsonaviy guruhi “Yalla”! Bizga ham ularning yo‘lini bersin. Uzoq yillar qo‘shiq aytib yurish nasib qilsin.

Я бы хотел, чтобы кто-то создал песню про вас.

Tohir Sodiqov: Men haqimda ashula yozishlariga roziman. Nima uchun yozilmasligi kerak? Agar chiroyli bo‘ladigan bo‘lsa, yozishsin — bu to‘g‘ri va zamonaviy bo‘ladi.

A KH

“Xayolim senda” qo‘shig‘izga klip oldirgansiz. Hozirga kelib shu klip nega hech qayerda yo‘q? Shu klip haqida ozgina ma’lumot bersangiz. Ko‘p sonli muxlislaringiz nomidan iltimos qilamiz, shu klipni saytingizga joylab qo‘ysangiz.

Tohir Sodiqov: Men o‘zim shu klipni ko‘rmaganman ham. Lekin esimda, bir rahmatli klip-meyker bilan “Xayolim senda” qo‘shig‘imizga qanaqadir klip olgan edik. Hozir hatto o‘zimizda ham yo‘q.

sherhanov1990

Assalomu alaykum, Tohir aka. Xorazmda qachon konsert qo‘yasiz?

Tohir Sodiqov: Xorazmga taklif qilishsa, jonim bilan boraman. Hatto ertaga deyishsa ham.

guliy maxmudiy

Assalomu alaykum! Tohir aka, sizga savolim emas, balki iltimosim bor edi. Nukusda ham konsert berishingizni so‘rayman. Ijodiy ishlaringizga omad, deya hurmat bilan nukuslik muxlisangiz Guliy Mahmudiy.

Tohir Sodiqov: Albatta, keyingi yil guruhimizning 25 yilligi munosabati bilan butun Respublika bo‘ylab gastrol uyushtirmoqchimiz.

alisherahmuratov

Film yaratish niyatingiz bormi?

Tohir Sodiqov: Har doim bo‘lgan, hali ham bor.

Husniddin Baratov

Salom, “Bojalar” guruhining ustozisiz, deb eshitdim, shu rostmi?

Tohir Sodiqov: Ha shunaqa. Juda ko‘p narsalar o‘rgatganman. Shuning uchun mashhur bo‘lib ketishgan (kuladi).
U M

Hozirgi yosh qo‘shiqchilarga nima deya olasiz? Masalan, “Ummon” guruhiga.

Tohir Sodiqov: Nima ham deyishim mumkin, ishlashsin. Hamma sharoitlar bor, hamma narsa o‘z yo‘lida. Ularga hozir shunaqa shart-sharoitlar yaratib berilgan, faqat ishlash kerak. Agar rostdan ham san’atkor bo‘lishsa, ertalabdan kechgacha ishlashsa, ularning guruhi oldinga chiqadi. Keyin, jonli ayta olishni o‘ziga maqsad deb bilsin. O‘zlarining ofislarida aytib ko‘rishsin-da, keyin ayta olishlariga ishonchlari komil bo‘lsa, mana shu ishlarini davom ettirishsin. Agar ayta olmasa, qo‘shiq aytishni tashlab, zavodga borib ishlasin (kuladi).

BunyOdxOn Saidov TaNur Guruhi (Yulduzcha)

Tohir Sodiqov “Zo‘r-zo‘r star” loyihasining qaysi ishtirokchisini qobiliyatli deb biladi?

Tohir Sodiqov: Hammasi qobiliyatli. Shu joyga chiqib millionta muxlis oldida qo‘shiq kuylashning o‘zi katta mahorat. Lekin hali ko‘p ishlashlari kerak. Hammasiga “boqilgan uch” baho, hech qaysisiga a’lo baho yo‘q (kulib).

BunyOdxOn Saidov TaNur Guruhi (Yulduzcha)

San’atkorda qobiliyat bo‘lsa mablag‘siz, hech qanday prodyusersiz ko‘tarilishiga ishonasizmi?

Tohir Sodiqov: Ishonaman. Iqtidor bo‘lsa bo‘ldi.

Bek Uzbekistan

Siz har yili 7–8–9-mart kunlarida konsert berasiz, mana shu konsert kunlarini yanada ko‘paytirish haqida o‘ylab ko‘rmaganmisiz?

Tohir Sodiqov: Oz bo‘lsin, soz bo‘lsin. Odamlarning joniga tegib qolishni ham xohlamayman. Yaxshisi, konsertga chiptalar talash bo‘lsin, yetmay qolsin (kuladi).

umida0507

Nega konsert bergan vaqtingizda xabarsiz qolamiz? Hali bir marotaba bo‘lsa-da, konsertingizga tushmaganman, chunki xabarsiz qolaman. Reklama yoki afishaga ham e’lon bermasdan konsertni o‘tkazib yuborasiz. Bilaman, sizga buning keragi ham yo‘q, chunki har konsertingizda zal to‘la bo‘ladi. Lekin xabarsiz qolganlar ham bor-ku?

Tohir Sodiqov: Kamroq reklama qilamiz. Chunki, ko‘p reklama qilmaslik sharti bilan bizga konsert berishga ruxsat berishadi.

Bek Uzbekistan

Tohir Sodiqov konsert berayotgan ekan, degan gapni eshitishimiz bilan ko‘z oldimizga “Lazer shou” keladi. Konsert dasturlaringizga “Lazer shou”ni kiritish g‘oyasi qanday paydo bo‘lgan?

Tohir Sodiqov: Internetni titkilash kerak. Butun dunyo shou-biznesi nima yangiliklar bilan konsert berishyapti, o‘rganish kerak.

Muloqot: Bo‘lib o‘tgan konsert dasturingiz haqida fikringiz qanday?

Tohir Sodiqov: Bilasizmi, men doim o‘zimni o‘zim tanqid qilaman, bu konsert dasturim esa menga yoqmadi. Yaxshi tomonlari ham ko‘p bo‘ldi. Lekin muammolar ham bor edi: kimdir vaqtida ulgurmadi, kimdir nimadir olib kela olmadi, kimdir boshqara olmadi, men o‘zim nimanidir qila olmadim. Vaqt yetmadi. Odamlarga yoqqan bo‘lsa, xursandman, lekin o‘zimning ko‘nglim to‘lmadi.

Muloqot: 8-martda rafiqangizga nima sovg‘a qildingiz?

Tohir Sodiqov: Butun boshli katta konsert dasturini (kuladi).
Eng yaxshi savol egalari:
kitty19
fox_man

Eng yaxshi savol egalariga Tohir Sodiqovning imzosi tushirilgan futbolkalar sovg‘a qilinadi. G‘oliblar o‘z sovrinlarini “Muloqot” ofisidan olib ketishlari mumkin.

“Muloqot intervyu”ni kuzatib boring va siz ham unda ishtirok eting
Категория: Shou biznes olami | Просмотров: 1064 | | Теги: Tohir Sodiqov: “Yaqinda Sevara Naza | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Aprel 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz