Главная » 2014»Oktyabr»16 » Tibbiyotdagi Xatoliklar Yoki 100 Yil Oldin NimalarBilan Davolashgan
13:50
Tibbiyotdagi Xatoliklar Yoki 100 Yil Oldin NimalarBilan Davolashgan
Hozir esa bizga aqlga sig‘maydigan bo‘lib tuyuluvchi, biroq bir paytlar samarali hisoblangan davolash usullari mavjud ekan. Eng qizig‘i, ularning ayrimlari yaqin-yaqingacha ham qo‘llanib kelingan. Shifobaxsh… radiatsiya Radiy bilan “boyitilgan” suvdan ichishni xohlaysizmi? Balki, tishlaringizni tarkibida ushbu radioaktiv element mavjud bo‘lgan pasta bilan tozalarsiz? Yo‘qmi? Lekin sizni yuz yil oldin tushunmagan bo‘lishardi. U paytlarda yangi kashf etilgan radiy mutlaqo foydali modda deb hisoblangan. U yoshartiruvchi, organizmni mustahkamlovchi xususiyatlarga ega va salomatlikni yaxshilashga katta yordam beradi, degan fikr mavjud bo‘lgan. Odamlar orasida ushbu element qo‘shilgan turli “dorilar” katta talabga ega bo‘lgan, ularni ishlab chiqaruvchilar esa bundan foydalanib, davlat orttirgan. O‘sha paytlarda Yevropa va Amerika do‘konlarining peshtaxtalarida suvni radiy bilan boyitishga mo‘ljallangan maxsus filtrli ko‘zalarni topish mumkin edi. Ayollarga radioaktiv sovun va yuz uchun kremlar, ko‘zoynak taquvchilarga turi ko‘z kasalliklariga qarshi ko‘z tomchilari taklif etilgan. Oqibatlari “Shifobaxsh” radiatsiya davrining intihosi amerikalik sanoatchi Eben Makberni Bayersning o‘limi bilan boshlandi. U 1932 yili jag‘ saratonidan vafot etadi – Bayersning jag‘lari bo‘laklarga parchalanib ketgandi. Sanoatchining yaqinlari darhol buning sababini radiy va distillangan suvdan iborat preparatdan izlaydi. Ushbu preparatni Bayersga uning davolovchi shifokori 1927 yilda, sanoatchi qo‘llaridagi og‘riqdan shikoyat qilib kelganida, tavsiya etgandi. Preparatni qabul qilganidan keyin uning qo‘llaridagi og‘riq kamayadi va sanoatchi dorining mo‘’jizaviy kuchiga shu darajada ishonib qoladiki, uni kuniga uchta shishachadan qabul qila boshlaydi. Bundan tashqari, uni do‘stlariga tavsiya etadi va otlariga ham bera boshlaydi. Preparatning bir porsiyasida radiatsiya dozasi unchalik ko‘p bo‘lmasa-da, bir necha yil ichida Bayersning suyaklarida 36 mkg radiy moddasi yig‘ilib qolingani aniqlanadi (hozir 10 mkg miqdordagi radiy o‘limga olib keluvchi doza hisoblanadi). Bugungi kunda hatto kichkina bola ham radioaktiv moddalar xavfli ekanini yaxshi biladi. U faqat mutaxassisning jiddiy nazorati ostida onkologik kasalliklarni nur terapiyasi bilan davolashda qo‘llanadi. Yo‘talga qarshi… geroin 1874 yili geroin moddasi sintez qilinganidan keyin hech kim uni insoniyatning qotiliga aylanadi, deb o‘ylamagandi. O‘sha paytda u hatto geroin deb ham atalmagan. Yangi kimyoviy moddaga diatsetilmorfin nomi berilgan. 1898 yili Yevropa firmalaridan biri uni yo‘talga qarshi vosita sifatida chiqara boshlaganidan keyin ushbu moddaga “geroin” nomini beriladi. Mazkur preparat ajoyib tinchlantiruvchi va bemorlarga sezilarli yengillik keltiruvchi vosita, deb hisoblangan. Shuningdek, geroin yurak, gripp, oshqozon va ichak kasalliklarida ham qo‘llangan. U paytlarda giyohvandlikka o‘rganib qolish haqida bilishgan, biroq shifokorlar geroindagi bunday xususiyat haqida shubha ham qilishmagan. Ma’lum dozaga amal qilinganida modda yumshoq ta’sir qilgan, uzoq vaqt qo‘llanilmaganida esa, o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan giyohvand moddalar kabi xatti-harakatlarda chetga chiqishlarni yoki intellektning susayishini keltirib chiqarmagan. Bu holat 1910 yilgacha preparatning hatto bolalarga ham jiddiy tavsiya etilishiga olib kelgan. Oqibatlari 20 asrning 10-yillarida tibbiyot xodimlari bemorlar yo‘talga qarshi dorilarni borgan sari ko‘proq qabul qilayotganini va undan voz kechilganida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelayotganini seza boshlaydi. Taxminan o‘sha paytlarda geroin jigarda morfinga, ya’ni xavfli giyohvand moddaga aylanishi aniqlanadi. Bu 1913 yilda farmatsevtika kompaniyasi preparatni dorixonlardan qaytarib olishiga, keyin esa uni ishlab chiqarishni to‘xtatishiga olib keladi. Shundan so‘ng geroin giyohvand moddalarning milliy ro‘yxatiga kiritiladi. 1924 yilga kelib, AQShda ushbu moddaning har qanday tarzda qo‘llanishi noqonuniy deb e’lon qilinadi. Yevropada esa ushbu giyohvand moddadan tibbiy maqsadlarda faqat retsept bo‘yicha qo‘llanishda davom etiladi. Aytish joizki, Germaniya Federativ Respublikasida geroin 1971 yilgacha dorixonalarda sotilgan. Aqlga sig‘maydi, to‘g‘rimi? Ammo bu fakt. Simob moddasi antibiotik sifatida Termometrni sindirib qo‘yib, poldan simob shariklarini yig‘ib olguncha salomatligingizga zarar yetkazganingizdan tashvishlanyapsizmi? XX asr o‘rtalariga qadar odamlarda bunday xatarlar paydo bo‘lmagan ham. Buning ustiga simob davolash vositasi sifatida qo‘llanilgan. Masalan, undan zaxm kasalligini davolashda foydalanishgan. Bunday “terapiya” haqidagi birinchi ma’lumotlar XVI asrga borib taqaladi: mashhur nemis tabibi Paratsels ushbu kasallikka qarshi bemorning oyoqlariga simobli surtmani surtish yordamida kurashgan. Keyinchalik shifokorlar bemorlarga simobni yutishni, in’eksiyalar qilishni, undan nafas olishni, simobni xaltachaga solib bo‘yinga taqib yurishni tavsiya etishgan. Ko‘pchilikka bu yordam bergan, albatta. Bugungi kunda simob moddasi zaxm kasalligini qo‘zg‘atuvchi mikrorganizmni bartaraf etishga qodirligi isotlangan. Biroq simobning ijobiy ta’siri uzoqqa cho‘zilmagan. Tez orada bemorlarning 80% zaxmdan emas, balki og‘ir zaharlanishdan vafot etgan. Aytish joizki, organizmda yig‘ilib qoladigan simob odamning asab, yurak-qon tomir tizimiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi, oqsillar almashinuvini buzadi, nafas olish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi… Oqibatlari Natijada, keyinchalik zaxm kasalligini davolashni sezilarli darajada osonlashtirgan antibiotiklar paydo bo‘ladi. Shundan so‘ng simob moddasini qo‘llash qisqara boshladi va yo‘qolib ketdi. Hozir ushbu metall tibbiyotda deyarli qo‘llanilmaydi. Uni faqat termometrlarda ko‘rish mumkin, biroq yaqin orada ular ham taqiqlanishi mumkin.