Главная » 2013»Fevral»4 » «The Keeper» o’zbek rejissorining AQSHdagi filmi!
19:58
«The Keeper» o’zbek rejissorining AQSHdagi filmi!
O’zbekiston nomini dunyoga tanitish uchun hizmat qilayotgan yigit va qizlar bugungi kunda juda ko’plab topiladi. Jumladan biz bugun taqdim etayotgan film treyleri rejissori ham o’zbek og’lonidir. Yosh kinorejissor Otabek Jo’raev xorij kinoijodkorlari bilan yonma-yon turib o’zining ilk qisqa metrajli filmini suratga oldi. «The Keeper» («Himoyachi») nomli qisqa metrajli film suratga olindi. Mazkur film rejissori hisoblangan Otabek Jo’raev «Nyu York film» akademiyasida tahsil olmoqda. 25 yoshli Otabekning shu kunga qadar suratga tushirgan bir qator reklama roliklari ayni kunga qadar Evropa telekanallarida va Amerikaning NBC kanalida namoyish etilgan, Biz Otabekdan mazkur film haqidagi ma’lumotlarni so’raganimizda u quyidagi fikrlarni so’zlab o’tdi: «Bu film action/drama jarnida suratga olingan bo’lib, unda 7 yoshli David ismli bolaning maktabdan qaytayotib, tasodifan politsiya hamda o’g'ri-bosqinchilar orasidagi otishmaga tushib qolganligi haqida ko’rsatiladi. Va shu yerda bola ilk bora o’zining himoyachi-farishtasini ko’radi. Bu filmimni akademiyada juda yaxshi qabul qilishdi. Kursimdagi eng zo’r kino deb baholandi. Bu bilan faxrlanaman. Filmni suratga olish jarayonida 30dan ortiq odam qatnashdi. Akademiyamiz filmning prodyuserlik vazifasini o’z zimmasiga oldi. Filmim action janrida bo’lganligi sababli, suratga olish jarayonida politsiya mashinalari, kiyimlari va qurollardan foydalandik. Nyu York Meriyasi va Nyu York politsiyasi bizga katta yordam berishdi. Biz uchun Bruklindagi bitta katta ko’chani suratga olish vaqtida yopib turib, qo’riqlab turishdi. Shuning uchun ham ularga katta minnatdorchilik bildiraman.» Film aslida Gollivud uslubida suratga tushirilgan bo’lsada, saundtrekda sharq yo’nalishi va amerika yo’nalishini birlashtirilgan. Bunday musiqani yozib berish uchun Otabek Jo’raev Jakhongir.uzga murojaat etgan. Jakhongir.uz esa o’z o’rnida musiqani a’lo darajada bastalab bergan. Endi esa filmni festivallarga taqdim etish rejalashtirilmoqda ekan. Bu film Otabek uchun katta tajriba amaliyotini o’tadi. Otabek AQSHda film suratga olishidan maqsad ham O’zbekiston nomini dunyoga tanitish ekanligini alohida ta’kidlab o’tdi. Bugungi kunda rivojlanib borayotgan o’zbek kinosining yanada rivoji uchun katta hissa qo’shish niyatida Otabek Jo’raev hozirda AQSHda o’z malakasini oshirmoqda.