SHERLAR.BIZ Sheshanba, 23.04.2024, 21:07
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Avgust » 15 » Test natijalari 17-avgustda e’lon qilinishi kutilmoqda
19:22
Test natijalari 17-avgustda e’lon qilinishi kutilmoqda
Kecha kirish imtihonlari natijalarining bugun – 15-avgust kuni e’lon qilinishi haqida xabar bergan edik. Biroq, bugun bu borada hech qanday yangilik bo‘lmadi. 

Muxbirimiz bilan suhbatda bo‘lgan qabul komissiyasi vakili vaziyatga oydinlik kiritib, Davlat test markazida natijalarning allaqachon ma’lum bo‘lganini aytdi. Biroq bu yil test imtihonlarini topshirgan abituriyentlar sonining rekord darajadaligi tufayli, natijalarni hali tartibga solib va ro‘yxat tuzib ulgurishmagan.

Xodimning ta’kidlashicha, javoblar 17-avgust tongda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Muxbirimiz universitet darvozasining berk ekanligi va natijalar osiladigan stendlarning esa hali o‘rnatilmaganligi guvohi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazining xabar berishicha, bu yil mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 480 447 nafarni tashkil etdi. O‘tgan yili esa 432 000 nafardan ko‘proq abituriyent talabalik baxtiga musharraf bo‘lish uchun hujjat topshirgan edi.

Respublika bo‘yicha eng ko‘p hujjat qabul qilgan oliy o‘quv yurti Termiz davlat universiteti bo‘lib, abituriyentlar soni 24 878 nafarga yetdi. Bu bir o‘ringa 14,9 nafar abituriyent da’vogarlik qiladi, deganidir. Undan keyingi o‘rinlarni Andijon davlat universiteti (19,5 ming) va Jizzax davlat pedagogika instituti (18,8 ming) egalladi.

Barcha abituriyentlarga talabalik baxtiga muyassar bo‘lishni tilab qolamiz.

Test natijalari e’lon qilinishi bilan, nashrimiz orqali o‘quvchilarimizni xabardor qilamiz. Yangiliklarimizni kuzatib boring.
Категория: O`zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 900 | | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Avgust 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz