SHERLAR.BIZ Payshanba, 12.12.2024, 07:55
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2012 » Noyabr » 7 » TASHLAB KETMANG MANI ONAJON
02:59
TASHLAB KETMANG MANI ONAJON
Bu dunyoda Onalardan
Ulug' inson bo'lmaydi.
Farzandini havaslardan
Ardoqlovchi bo'lmaydi. Orzulardan bunyod bo'lgan
Qalbingizman, Onajon.
Vujudingiz bir parchasi
Tashlab ketmang, Onajon ! Yetimlarni shum boshini
Silovchilar kopdur,lek
Menga sizning mehringiz ulug'
Tashlab ketmang, Onajon ! Men bilaman,siz ham mansiz
Afsuslardan adosiz
Iltijoni qilib so'zsiz
Tashlab ketmang, Onajon. Farzandlikdan olib meni
Yetimlikka tashlamang
. Yetimlikni noni qattiq
Havaslarni hushlamang. Hayotingiz marvaridi
Qalbingizni nuriman
Qilmang mehrlarga muhtoj
Tashlab ketmang, Onajon. Qanchalarni mushtoq qilib
Yoningizda turibman
Befarzandlar nidosiman
Mehringiz istab turibman. To'qqiz oyda mehringizdan
To'yolmagan ojizman
Shu hayotim qo'lingizda
Tashlab ketmang, Onajon ! Qancha inson tirnoqqa zor
Qanchasidir qilar xor
Nechun, Ortingizga boqmay
Ketmoqdasiz, Onajon ! Kelajakda hali sizni
Baxtga ko'mib, berib jon.
Xizmatingiz shu bo'ynimda
Tashlab ketmang, Onajon. Yurak urishingiz tinglab
Mehringizni boy bildim.
Yolg'iz sizni " Onam " deya,
Ona mehrin his qildim. Allohimni menga bergan
Risqi sizda, Onajon.
Ketmang, meni risqim qiyib
Tashlab ketmang, Onajon. Mehringizdan o'zga mehr
O'rningizni bosolmas
Tug'ilishim o'zi sehr
O'zga Onam bo'lolmas. Qattiq xatolarni qilib,
Qilmang, bag'ringizni qon
Xatolardan xato yasab
Tashlab ketmang, Onajon ! Har soniya yangrayverar
Nidolarim, faryodlarim.
Axir meni aybim nedur... ???
Namdur boqqan Qarog'larim... Havaslardan, gap - so'zlardan
Farzand shirin, Onajon.
Ko'z yoshimni to'kib- to'kib
Tashlab ketmang, Onajon. Farzandlikdan olib meni
Yetimlikka tashlamang.
Yetimlikni noni qattiq
Havaslarni hushlamang. Bu dunyo ham o'tar, ketar
Havaslarni quchoqlab
Oxiratda yolg'iz sizga
Suv tutaman, Onajon..! Menda sizni haqqingiz bor
Olmaysizmi, Mehribon...?
Mensiz qanday yashab to'kis
Baxtlimisiz, Onajon...? Meni mehringizdan yulib
Kimga mehr beryapsiz?
Bir murg'akni zor- zor qilib
Kimni to'kis qilyapsiz? Nahot, meni bu yashashim
Sizga keladi malol
Haqqim yoqmi,nahot meni
Baxtli yashash, shumi hol. Bag'ringizga bu qahrlar,
Qay manzildan keldi, nega?
Bir parcha-yu, panohsizga,
Bu alamlar kerak, nega? Ko'zlarimga intizorlik
Tuyg'usini joylamang.
Onasini kutib yotgan
Sog'inchlarga boylamang. Bu hayotga to'yolmagan
Boshga yana sinov, nega?
Ilk daqiqa Armonlar-u,
Sog'inchlarni berib, nega? Tushlarimga kirib ko'p bor
Boshginamni silaysiz
Ammo tongda yana meni
Tashlab qayga ketasiz? Mehringizga ravo ko'rmay
Nechun, Bag'rim tig'laysiz ?
Ko'zlarimga g'amni joylab,
Yana nelar tilaysiz ? Qo'llarimni ko'kka cho'zib
Yolg'iz sizni so'rayman
Meni tashlab ketmang, deya,
" Baxtim " sizga tilayman. Umringizni bahorini
O'chiryapsiz, Onajon.
Tashlab, endi kimdan Vafo
Kutayapsiz, Onajon. Bu dunyoni matohlari
Mendan afzal bo'ldimi
Odamlarni gunohlari
Kechirimli bo'ldimi ? Ko'chalarga boqib doim
Onam, sizni izlayman.
Meni olib ketarmi, deb
Takror - takror o'ylayman. Nega, meni bir umrga
Zor - intizor qildingiz ?
Aybimni ham aytmasdan,
Ko'zda yoshlar qildingiz
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 1961 | | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 5
Sayt_Malikasi07.11.2012 06:05
muslima07.11.2012 13:39
muslima07.11.2012 13:41
DILIM616708.11.2012 14:55
Madinabonu08.11.2012 19:26
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz