Главная » 2014»Fevral»24 » Surxondaryoda 3 metrlik muz sumalagi paydo bo‘ldi
11:51
Surxondaryoda 3 metrlik muz sumalagi paydo bo‘ldi
Qishning so‘nggi oyidagi ayozli kunlar Surxon vohasining shimoli-sharqida joylashgan “Sangardak” sharsharasida betakror manzara hosil qildi. Balandligi qariyb 150 metr, eni 80 metrgacha keladigan ulkan hududda millionlab muz sumalaklari paydo bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekiston ovozi” gazetasi xabar berdi. Shunday sumalaklardan biri uzunligi 2 metru 94 santimetrni tashkil qiluvchi, kishi quchog‘iga arang sig‘uvchi sumalakdir.
— Bu yil qish ancha ayozli keldi, — deydi “Xonjiza” mahallasida yashovchi Avaz Bekov. — Dengiz sathidan 2,5—3 ming metr balandda joylashgan qoyalarda 1,5—2 metrgacha qor tushdi, kechalari 25—30 darajagacha sovuq bo‘ldi. Ariq, daryo va ko‘llarni 25—30 santimetr qalinlikda muz qoplagan.