Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2014 » Noyabr » 20 » Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi ichki yo‘llar holatini yaxshilash uchun 865 mln so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi
05:09 Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi ichki yo‘llar holatini yaxshilash uchun 865 mln so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi |
Sog‘lom bola yilida Surxondaryo viloyatida 151 kilometrdan ortiq ichki xo‘jalik yo‘llari ta’mirlanib, qishloq aholisiga qulay sharoit yaratilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Viloyatda 4835 kilometrdan ortiq qishloq ichki xo‘jalik yo‘llari mavjud. Transport qatnovi xavfsizligini ta’minlash va aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida qishloqlarda yaroqsiz holga kelgan yo‘llar bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilinib, tosh-shag‘al, asfalt-beton, sement-beton va qora qoplamali zamonaviy yo‘llarga aylantirilmoqda.
Bu yil Oltinsoy tumanidagi 11 mahallada o‘n kilometrdan ortiq ichki yo‘llarni ta’mirlash rejalashtirilgan. Hozirga qadar yo‘lsozlar tomonidan olti kilometrga yaqin yo‘lda joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Buning uchun 380 million so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi. Tumandagi Bibizaynab, Qoratepa, Sayrak qishloqlarida bu kabi ishlar yakunlangan bo‘lsa, Obshir, Oqarbuloq, Guliston, Dug‘oba qishloqlaridagi ichki yo‘llarga tosh yotqizish ishlari yil oxiriga qadar yakunlanadi.
Boysun tumanida o‘n kilometrdan ortiq xo‘jaliklararo ichki yo‘llar holatini tubdan yaxshilash uchun 865 million so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan edi.
“Ana shu mablag‘ evaziga o‘ndan ortiq qishloqdagi ichki yo‘llar joriy ta’mirlandi, — dedi tuman “Obodonlashtirish” davlat korxonasi rahbari Hamid Bozorov. — Sho‘rsoy, Bibishirin, Ariqusti singari o‘nga yaqin mahallaning ichki yo‘llariga qora qoplama yotqizildi. Pasurxi, Avlod, Tuzbozor mahallalaridagi uch yarim kilometr ichki yo‘l joriy ta’mirlandi”.
Sog‘lom bola yilida Denov, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot va Angor tumanlarida 45 kilometrga yaqin ichki yo‘llar sifatli ta’mirlandi.
“Surxondaryoavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkilotidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni kunlarda qish mavsumida avtomobil yo‘llarida transport xavfsizligi va uzluksizligini ta’minlash borasida ham muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsadda yo‘llar nazoratdan o‘tkazilib, qoplamalar ta’mirlanmoqda. Yangi yo‘l belgilarini o‘rnatish, yo‘l yoqasini mustahkamlash, ko‘priklarni ta’mirlash kabi yumushlarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
|
Категория: O`zbekiston Yangiliklari |
Просмотров: 975 |
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|