Главная » 2014»Oktyabr»30 » Spirtli kokteyl ichish bo‘yicha rekord o‘rnatganfransiyalik koma holatidan chiqmay vafot etdi
10:03
Spirtli kokteyl ichish bo‘yicha rekord o‘rnatganfransiyalik koma holatidan chiqmay vafot etdi
Fransiyaning Klermon-Ferran shahridan bo‘lgan 57 yoshli fuqaro 56 qadah spirtli kokteyl ichgach, vafot etdi. Bu haqda France info agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda . Klermon-Ferran. Foto: france-guide.org Klermon-Ferran shahridagi barlardan birida sig‘imi 50 millilitrdan 100 millilitrgacha bo‘lgan qadahda kichik alkogolli kokteyllarni ichish bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Aynan shu musobaqada ishtirok etgan 57 yoshli fransiyalik 56 qadah kokteyl ichib, rekord o‘rnatdi. Biroq rekord unga zarar keltirdi: alkogoldan koma holatiga tushgan fransiyalik keyinroq shifoxonada vafot etdi. Ayni damda bar egasini fransiyalik o‘limi uchun javobgarlikka tortish yoki tortmaslik masalasi muhokama qilinmoqda. Shahardagi Respublika sudi prokurori yordamchisining fikricha, bu vaziyatda qasddan qilinmagan qotillik sifatida sud tergovigacha borish mumkin.