SHERLAR.BIZ Juma, 27.12.2024, 02:25
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 5
Mexmonlar: 5
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2012 » Oktyabr » 27 » SøTkA-øYiNcHoQ EmAs
01:36
SøTkA-øYiNcHoQ EmAs
Aslida ushbu texnologik jamiyatda
insonlarga foyda keltirish
uchun yaratilgan buyumlar
ayrim paytlarda muammo
keltirib chiqaruvchi omilga
ham aylanib qolayotganday, go‘yo. Darsda biroz zerikkan
o‘quvchi uchun "sotka"dan
yaxshi ovunchoq yo‘q.
O‘qituvchi o‘ziga-o‘zi
gapiravermaydimi? Nima
qilibdi, uy ishlaridan ortib, kechasi bilan dars rejasini
tuzib kelgan bo‘lsa?!
Telefondagi o‘yinlar,
videokliplar, qo‘shiq va
rasmlar matematika,
geografiya yoki fizikaning «tushunarsiz» formula va
masalalariga qaraganda
qiziqarliroq... Maktab o‘quvchilarining uyali
aloqa vositasidan foydalanishi
o‘qituvchilar uchun kattagina
muammolarni yuzaga
keltiryapti. Mobil aloqa tufayli
o‘qituvchilar 45 daqiqaning asosiy qismini dars o‘tishga
emas, zamonaviy
texnologiyalarning domiga
tushib qolgan o‘quvchilarning
e'tiborini jamlash va
auditoriyani tinchlantirish uchun sarflashga majbur. SMS
orqali muallimlarning soch
turmagi haqida fikr almashish,
rasmga tushish, musiqa
tinglash bilan ovora bo‘lgan
bugunning maktab o‘quvchisi asosiy vazifasi bilim olish
ekanligini ba'zan unutib ham
qo‘yadi. Bugun o‘qituvchilar dars
davomida bir necha marotaba
telefon "sadolari"ning jarang
sochib o‘tishidan
hayratlanmay qolgan, biroq... - Tanaffusda doimo bir xil
manzara: hamma bolalar bir
joyga to‘planib, "sotka"
haqida gaplashadi, telefonidagi
rasmlari, qo‘shiqlarini ko‘z-
ko‘z qiladi. Yoki bo‘lmasa, yo‘laklarda
suhbatlashayotgan qizlarni
ko‘rish mumkin. O‘zaro emas,
hammasi o‘z telefonida. Bu
bilan cheklanmagan
o‘quvchilar dars vaqtida ham telefonini qo‘lidan qo‘ymaydi.
Jazo tariqasida bir necha
marta ularning "sotka"sini olib
qo‘ydik, keyingi darsda esa,
yana shu ahvol, - deydi
Mirobod tumanidagi 175- maktabning tarix fani
o‘qituvchisi Zamira
Otaniyozova. O‘quvchilar mobil aloqa
vositasidan u aslida nima
uchun kerakligini anglab
yetmagan holda
foydalanadilar. Bu haqda
ulardan so‘raganimizda, bolalar telefondan ota-onasi
bilan xabarlashib turish,
musiqa eshitish, o‘yin o‘ynash
uchun foydalanishlarini
ta'kidladilar. Oddiy qilib
aytganda, ular aloqa vositasidan navbatdagi
o‘yinchoq sifatida
foydalanishadi. Sotsiologik tadqiqot natijalari
shuni ko‘rsatdiki, maktab
o‘quvchisining qo‘lidagi uyali
aloqa vositasi uni o‘qishdan
faqat va faqat chalg‘itishi
mumkin. Noto‘g‘ri yondashuv tufayli
qo‘l telefoni o‘quvchilar
orasidagi madaniyatsizlik va
yalqovlikning targ‘ibotchisiga
aylanib qoldi. Qolaversa, ota-
onalarning «g‘amxo‘rligi» bilan olib berish turli model va
ko‘rinishlarda ishlab
chiqarilayotgan bu "matoh"
o‘quvchilar orasida
tabaqalanishni yuzaga
keltirmoqda. Joriy yilda O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta'limi
vazirligining Ma'naviy-axloqiy
tarbiya boshqarmasi ta'lim
muassasalarida uyali aloqa
vositalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi
tavsiyalarni ishlab chiqdi. Unga
ko‘ra, oliy o‘quv yurtlari va
maktablarga kirayotganda
xususiy mobil telefonni
o‘chirib qo‘yish lozim, dars vaqtida undan foydalanish
mumkin emas. Tartibni
buzgan o‘quvchi maktab
rahbariyati yoki pedagoglar
tomonidan ikki marotaba
ogohlantiriladi. Uchinchi yoki ikkinchi marta qo‘pol tarzda
qoidaga rioya qilmagan
o‘quvchining telefoni 2 nafar
o‘qituvchi va o‘quvchi
guvohligida olib qo‘yiladi. Ota-
ona maktabga chaqirilib, chora ko‘rilganidan so‘nggina
telefon egasiga qaytariladi. Aytib o‘tish kerakki, uyali
aloqadan foydalanish
borasidagi cheklovlar
bolalarning amaldagi qonun
hujjatlari bilan kafolatlangan
huquq va erkinliklariga zid kelmaydi. Ko‘pgina maktablarda
eshigiga "TELEFONDAN
FOYDALANISH MUMKIN
EMAS" deb yozilgan
sinfxonalarni uchratish
mumkin. Xo‘sh, bizda ko‘rilayotgan choralar qanday
natija bermoqda? - Maktabga qo‘l telefoni bilan
kelgan o‘quvchi mashg‘ulotlar
boshlanishidan oldin uni
o‘qituvchisiga topshirib
qo‘yadi. Darslar tugagach,
telefon qaytarib beriladi. Bu vaqt oralig‘ida,
qo‘ng‘iroqlarga o‘qituvchi
javob berishi mumkin.
Maktabimizda joriy qilingan
ushbu tartib darslarning
samaradorligi va xavfsizligiga ijobiy ta'sir qilmoqda, chunki
endi o‘quvchilar "Onam
telefon qilib chaqirib qoldi,
uyga borishim kerak", degan
bahonalar bilan kompyuter
klublariga "qochib" keta olmaydi, - deydi Mirzo
Ulug‘bek tumanidagi 207-
maktab o‘qituvchisi
D.Azamatova. Ammo, gap faqat maktab
rahbariyati qo‘yayotgan
talabda emasga o‘xshaydi. - Ayrim katta yoshdagi
odamlar telefondan
foydalanish madaniyatini
bilmagandan keyin, maktab
o‘quvchilari nima qilsin? Hech
qaysi ota-ona farzandiga yomonlikni ravo ko‘rmaydi,
"sotka"ni ham yaxshi niyatda,
nuridiydasidan xabar olib
turish maqsadida olib beradi.
Lekin, telefon orqali behayo
filmlarni tomosha qilish, dars vaqtida "smslashib" o‘tirish,
gaplashish kabi holatlar
o‘quvchilar orasida ko‘p
uchramoqda. Xo‘sh,
farzandiga "sotka" olib bergan
ota-ona bu haqda biladimi? O‘g‘il-qizining telefonidagi
videokliplar yoki rasmlar
bilan qiziqib ko‘rganmi? -
ajablanadi Yunusobod
tumanidagi 235-maktabning
o‘zbek tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Saodat Zoidova. Bolaning qo‘lidagi telefon
go‘yoki uning ko‘rinmas
tekshiruv ostiga olinganligini
anglatadi. Ota-onalar
farzandining mobil aloqadan
foydalanishi - doimiy ravishda uning xolidan xabardor bo‘lib
turishning yaxshi usuli deb
hisoblaydilar. Vaholanki,
ularning bu xayrixohliklari
bolaning o‘qishiga tobora
salbiy ta'sir ko‘rsatib borayotgani, sog‘lig‘i va
undagi ayrim muammolarning
yuzaga kelayotgani evaziga
bo‘layotganini payqamay
ham qoladilar. Ota-onalarning
bu javobi shunchaki bahona, deydi psixologlar. Ota-ona
ertalabdan farzandini
maktabga jo‘natdimi, kun
davomida uning qaerdaligini,
albatta, biladi. Telefoni bor
bola esa, internet-kafeda o‘tirib ham, "men
maktabdaman" deb ota-
onasiga yolg‘on axborot
bermasligiga hech kim kafil
bo‘la olmaydi. Bu holatni
nazorat ostiga olingan nazoratsizlik deb ham atash
mumkin. 6-sinf o‘quvchisining onasi
Shohista Inog‘omova
farzandidagi o‘zgarishlar
haqida so‘zlab berdi: "Qizim
telefon olib berishimni so‘rab
xarxasha qilaverdi, hamma sinfdoshlarida bor emish.
So‘nggi paytlarda u faqat
telefoni bilan ovora, hatto
darsini ham naushnikda
musiqa tinglab tayyorlaydi.
Dars jadvalini suratga tushirib olganini aytmaysizmi, uning
aytishicha, bu surat kundalik
vazifasini bajarar ekan.
Telefon qo‘ng‘iroqlari
ko‘pligidan qizim bilan kam
muloqot qiladigan bo‘lib qoldik. Bu masala meni ko‘p
o‘ylantirdi. Shundan so‘ng
unga jazo sifatida telefondan
foydalanishni taqiqlamoqchi
bo‘ldim. Lekin, nazarimda,
muammoni bu tarzda hal qilib bo‘lmas ekan". Mamlakat va millat kelajagi
uchun jiddiy xavf tug‘dirishi
mumkin bo‘lgan ushbu masala
dunyo o‘qituvchilari va ta'lim
sohasidagi boshqa
mutaxassislarni ham tashvishga solib ulgurgan edi.
world. kbs. com saytining
ma'lumotlariga ko‘ra,
Koreyaning Seul shahar
kengashi boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga maktabda telefondan foydalanishni man
etish arafasida. Garchi,
o‘quvchilarning o‘zi bunga
qarshi bo‘lsa ham. Aholi
o‘rtasida o‘tkazilgan
so‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, ota-onalarning
53,2 foizi kengash qarorini
ma'qullagan bo‘lsa, qolgan
46,8 foizi farzandlarining
telefonda gaplashishiga
umuman qarshi emas. 77,9 foiz o‘qituvchi bolalarga maktab
vaqtida qo‘l telefoni kerak
emas, degan fikrni bildirgan.
"Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
o‘zini to‘liq nazorat qila
olmaydi. Kattalar qo‘l telefonini o‘chirib qo‘yib,
zarur vaqtdagina undan
foydalanadi, bolakaylarda esa,
o‘yinlarga chalg‘ib ketish
oqibatida darsga befarqlik
bilan qarash holatlari kuzatilgan", - deydi qo‘l
telefonini taqiqlash
tarafdorlari. So‘nggi paytlarda yaponiyalik
bolalarning telefonda
gaplashish imkoniyati tobora
kamayib bormoqda.
Umummilliy so‘rovnoma
xulosasiga ko‘ra, mamlakat miqyosidagi 20527ta
boshlang‘ich va 9936ta o‘rta
maktabda telefondan
foydalanish to‘liq yoki qisman
man etilgan. Boshlang‘ich
maktablarning 11636tasi, o‘rta maktablarning 5105tasida
faqat ayrim hollarda (masalan,
favqulodda ota-onaga
qo‘ng‘iroq qilish holatda
kerak bo‘lganda)gina
telefondan foydalanishga ruxsat etilgan. Joriy yilning 10 martidan
boshlab yaqin qo‘shnimiz -
Tojikistonning barcha
umumta'lim maktablarida
mobil aloqa vositalarini olib
yurish hamda ulardan foydalanishni taqiqlash haqida
qaror qabul qilindi
(www.centrasia.ru). Unga
amal qilmaganlar muqarrar
jazo - jarimaga tortiladi. Gretsiya, Ukraina va boshqa
bir qancha mamlakatlarda
ham telefonda tinmay
so‘zlashuvchi o‘quvchilarga
qarshi kurash choralari ishlab
chiqilgan. Tibbiyotchilarning aytishicha,
uyali aloqadan muntazam
ravishda 10 yil mobaynida
foydalanish inson eshitish
yo‘llarining saraton
xastaligiga yo‘liqish ehtimolini 50-60 foizgacha oshirar ekan.
Olimlar buni katta odamlar
misolida o‘rgangan. Demak,
yosh bolalarning to‘la
rivojlanmagan organizmlarida
bu kasalliklarga chalinish xavfi saqlanib qolaveradi. Qolaversa, uzluksiz
naushnikda eshitish quloqning
eshitish qobiliyatining
susayishiga, kichik shakldagi
o‘yinlarni o‘ynash esa ko‘z
ravshanligining pasayishiga, o‘yinlarning mavzusiga ko‘ra
urushli vaziyatlarga duch
kelaverish asabiylikka olib
keladi. Bolangiz qo‘lidagi sotka
atalmish o‘yinchoqni o‘ynab
bo‘lgach, bir kun kelib
eskiradi, shunda u boshqa,
o‘rtog‘inikiga o‘xshagan,
ya'ni yanada qimmatrog‘ini olib berishingizni xohlab
xarxasha qiladi. Eskisini tutgisi
kelmay qoladi, siz esa
nazoratni uzmaslik uchun
yangisini olib berishga
majbursiz. Afsus, u aytgani otning kallasiday narxda
turibdi, keyingi oylikdan olib
beraman, deb va'da berib
qo‘ydingiz. Ungacha esa
sotkasiz maktabga qatnadi,
bora-bora bunga ko‘nikib ham qoldi. Dars tugagach
vaqtida uyda bo‘ladi... Va'da
qilingan muddat keldi. Faraz
qiling, 35 nafar boladan iborat
sinf. O‘qituvchi bolalarga
tenglama yechishni o‘rgatayapti. Shu payt... "ES-
EMEEES!!!!!!" hammaning
xayoli o‘sha tovushda. Bir
necha daqiqadan keyin boshqa
o‘quvchining telefoni
qo‘shiqchi Shahzodaning "Assalomu alaykum..."
taronasi sadolari ostida
jiringlaydi. Bunday sharoitda
na dars o‘tish mumkin, na
biror narsani o‘rganish. Bir
so‘z bilan aytganda, maktabda uyali aloqa
vositalaridan foydalanish
ta'lim jarayoniga va
o‘quvchilarning fanlarni
o‘zlashtirishiga salbiy ta'sir
ko‘rsatadi. Uyali aloqa kompaniyalarining
o‘quvchilarga mo‘ljallangan
tariflari OAV orqali tinimsiz
ravishda reklama qilinyapti.
Bu farzandingizning "sotka"ga
bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytiradi. Yaratilgan
"imtiyozlar" bolalarning huda-
behudaga suhbatlashish, SMS
orqali kerakli-keraksiz
ma'lumotlar almashinish
"imkoniyatlari"ni oshirmoqda. O‘ylab ko‘ring, siz uchun nima
muhim, oila a'zolari o‘rtasidagi
iliq munosabatlarni saqlab
qolishmi yoki uyali aloqa
kompaniyalarining manfaati? O‘tayotgan har bir lahza
g‘animat ekanligi, yoshlikda
olingan bilim nega toshga
o‘yilgan naqshga
qiyoslanishini 14-15 yoshli bola
tushunmas, balki. Lekin ota- ona muammoni anglashi,
farzandi oldida mas'uliyatni
his qilishi lozim. Bu mas'uliyat
"sotka"ning qiymati bilan
emas, bolaga bo‘lgan e'tibor,
mehr-muhabbat bilan o‘lchanadi. Shuncha gapdan keyin ham
tarbiya va ta'lim berishdek
muqaddas burchni telefonga
topshirib qo‘yaveramizmi?
Категория: Mobil telfonlar | Просмотров: 2444 | | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 4
DILIM616727.10.2012 11:03
muslima27.10.2012 11:29
→BeKoRcHi←27.10.2012 15:23
muslima28.10.2012 11:00
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Oktyabr 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz