SHERLAR.BIZ Juma, 29.03.2024, 17:29
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Mart » 30 » So‘nggi o‘n yilda O‘zbekistonda tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilishi 1,8 martaga kamaydi
20:27
So‘nggi o‘n yilda O‘zbekistonda tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilishi 1,8 martaga kamaydi
Davlat bojxona qo‘mitasida “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati, uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning ahamiyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Respublika Perinatal Markazi shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Umida Muhammedova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Bu haqda qo‘mita rasmiy sayti xabar berdi.
Umida Muhammedovaning ta’kidlashicha, so‘nggi o‘n yilda davolash-profilaktika muassasalarini modernizatsiya qilish va eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun 750 million AQSh dollaridan ziyod mablag‘ yo‘naltirilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda onalar o‘limi 3,1 baravar, go‘daklar o‘limi 3,2 baravar kamaydi. “Ona va bola skriningi” dasturi amalga oshirilishi natijasida tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilishi 2000-yildan buyon 1,8 martaga kamaydi. Bugungi kunda O‘zbekiston bolalarining 92 foizi rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlariga to‘la mos keladi. Save the children xalqaro tashkiloti reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi bolalar salomatligi to‘g‘risida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan o‘nta mamlakat qatoridan joy oldi.

2014-yilning Sog‘lom bola yili deb e’lon qilinishi va shu munosabat bilan Davlat dasturining qabul qilinishi bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirmoqda.

Davlat dasturida sog‘lom bolalar tug‘ilishi va ta’lim-tarbiyasi, oilada sog‘lom muhitini, uning iqtisodiy va ma’naviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini oshirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli vazifalar belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi tadbirlarga 4 509,2 milliard so‘m va 302,9 million dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltirilmoqda.
Категория: O`zbekiston Yangiliklari | Просмотров: 825 | | Теги: 8 martaga kamaydi, So‘nggi o‘n yilda O‘zbekistonda tug | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Mart 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz