SHERLAR.BIZ Chorshanba, 25.12.2024, 18:31
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Mart » 21 » So`rolmagan uzurim ( hikoyalar )
22:05
So`rolmagan uzurim ( hikoyalar )
Begim,sizga atalgan ishqning bir shingilini ham ko`rishga ulgurmay,bu dunyoni tark etganinggiz meni azobga soladi.Sizga aytar gaplarim bir dunyo edi.Siz ularning tinglamasdan qaylarga ketdinggiz.Sizga intiqlik ichra yuragim tutab boryapti.Sizni biron kun bo`lsa ham sog`inmagan onlarim yo`q.Keling,sizga og`ir gaplar aytgan oqshomlarga o`t qo`yaman.Sizni ranjitgan kunlarimni suvga oqizaman.Ishqinggizni rad etgan tillarimni muzlataman.Sizga neki yomonliklarni bergan bo`lsam,bari uchun o`zimni o`zim jazolayman. Begim,keeling,tashrif etmasanggiz ham hayollarimga keeling.Bu dunyoda borliginggiz meni tirik olib yurganini avvalroq bilganimda edi,bunday yashamagan bo`lardim.Lekin buni juda ham kech angladim.Begim,yuragimni begi bo`lganinggizni nima uchun biror bora anglamadim.Sizsiz hayot butkul qorong`ulikka cho`mishini bilmadim.Sizni ranjitib,o`zgalar oldida izza qilib nima rohat topganligimni ham bilmayman.Ammo o`sha kuni sizni bu dunyodan ko`z yumganliginggiz haqidagi xabarni aytishganlarida ko`zlarimdan tushayotgan yoshlarni to`xtata olmadim.Nima uchun yig`layotganimmi so`rayotgan dugonalarimga esa shunchaki,bir yigitning dunyodan bevaqt ketganligini,hali yosh bo`lib turib yashashdan mahrumligini sabab qilib ko`rsatdim.Ammo ichimdan sizni endi ko`rmasligim meni azobga solar edi.Siz haqinggizdagi sovuq habarni eshitgan onimdan sizni sog`ina boshladim.Jinnilardek ko`changgizga borganimni ham yolg`izgina o`zim bildim.Sizni ko`rishni istamagan ko`zlarim menga sizni topib ber ,deb to`polon qilgani holda sizni ko`rishni istadim.Uyinggiz oldidagi yig`ilgan odamlarga qarab turib xabarni rost ekanligiga shubxam qolmadi.Shundagina men uyinggiz aslida bu xabarni yolg`ondir,degan umid bilan kelganimni angladim.Sizni tirik ekanliginggizga ishonishga urinibgina kelgan ekanman.Menga yanglish habar berishgandir,degan gumon bilan kelgan ekanman.Mahallanggizning boshida turib kechga qadar yig`laganimmi bir men bildim.Bir Alloh bildi.Sizni ko`z oldimga keltirishga urinar ekanman,nima qilishni ham bilmasdim.Ko`chadan o`tayotganlarning "Sevgilisi ekan,shekilli”,degan gaplari qulog`imga chalingandan so`nggina qilayotgan ishlarimning oqibatini o`ylay boshladim.Ortga o`girilib uyga yo`l olar ekanman,boyagi odamlarning gaplarini eslay boshladim:”Sevgilisi ekan,shekilli”,”Sevgilisi ekan,shekilli”,”Sevgilisi ekan,shekilli”,”Sevgilisi ekan,shelilli”…Koshki edi sevgilinggiz bo`lolgan bo`lsam.Men sevgilinggiz bo`lishga ham loyiq emasman.Hayotinggiz ozgina ekani holda izga shu vaqtda baxt berish o`rniga sizni ranjitganligimni o`ylasam,yuragim uyatdan,yuzlarim hijolatdan olov bo`lib yonadi. Koshki edi sevgilinggiz bo`lsam.Sizning sevgilinggiz bo`lish bunchalar maroqli bo`lmasa!Kulib turuvchi ko`zlaringgiz va hamisha e`tiborimni tortish uchun qilingan mulozamatlar endi yo`q,hamisha mendan umidvor bo`lib termulgan ko`zlar esa manguga yumilgan.Men sizdan bugun uzr so`rab,ko`nglinggizni ozorglarga ko`mganligim uchun qiynalayotgan ko`nglimga takin olmoqchiman.Qarang,yana o`zimni o`ylayapman.Yana ko`nglimni xotirjamligi uchun sizdan uzr so`rashga tayyor turibman.Meni kechirishinggizni qancha istayotganligim holda,kechirmasliginggizni ham shunchalar istayman.Sababi,kechirmasanggizgina vijdon azobida biroz qiynalaman va boshqalarning ko`ngliga ozor berayotganligimda menga avvalgi qilgan ishim saboq bo`lishini istayman.Begim,garchi sizga sevgilinggiz bo`lmagan bo`lsam ham shunday atashga qaror qildim.Begim,meni kechiring… Kechiring,qoshinggizga borolmaganman, Kechiring,so`zinggizga kirolmaganman, Siz bilan bir laxza qololmaganman, Kechiring uzrlar so`rolmaganman.
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 681 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz