Статистика |
Hozirda saytda: 33 Mexmonlar: 33 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Fevral » 23 » So'ngi so'zim
|
Salom hayotim. Endi seni hayotim deyishga ham haqqim yo’q. Sen endi o’zga bir insonning hayotiga mazmun baxsh etasan. Naxotki, naxotki sen meni emas, o’zga bir insonning umr yo’ldoshi bo’lding. Seni o’zga inson bilan kelin ko’ylagida tasavvur qilish bilsang edi menga qanchalik azob beryaotganini. Eh-he qanchadan qancha orzularimiz bor edi. Afsus… Ming bor afsus, bu orzular go’yoki saxroga suv quygandek sarob bo’ldi. Mana hozir shu orzularimizmi va birga o’tgan shirin lahzalarimizni sen va yoningda o’tirgan baxtli insonga termulgancha qismatimga achinib eslab o’tiribman. Hayolimdan o’chirolmasman mayin tabasssuming, o’tli nigohing, shirin so’zlaring. O’sha kunlar mening eng baxtli onlarim ekan. Esingdami bizning sevgimizga kimlar xavas qilmadi. Yana kimlardir xasad nigohi bilan qarardi. Baxtli hayot kechirish nasib qilmaganmi yoki taqdir ekanmi biz birga bo’la olmadik. Maktubni yozarman qo’limda alamli titroq ila qalam, ko’zimda esa yigitlik g’ururini mensimagan yosh. Bugun men birinchi bor taqdirimga achinib ko’z yosh to’kmoqdaman. Qani endi bu kunlar qo’rqinchli tush bo’lsayu, uyg’onganimda esa sen bilan baxtli hayot kechirayotgan bo’lsam. Lek qanchalik urunmayin bu orzular armon bo’lib qolaveradi. Senga yetishish uchun qilgan harakatlarim chekkan azoblarim kamlik qilgani uchun meni kechir. Nima ham qila olardim. Otang menga emas, boshqa bir insonga seni oq fotixasi bilan berib yubordi. . Azizim ........... maktubim tamomlanar ekan senga yagona tilagim doimo baxtli, yuzingda tabassum bilan yasha. Taqdir charxfalagi aylanib kelajakda ko’rishib qolsak hayotdan zavqlanib yashayotganingni ko’rayin. Men endi sendan..., shirin hotiralarimizdan qochib, yangi hayot qurish uchun uzoqlarda yuribman. Bu yozganlarimni o’qiganingda esa men sendan olislarda, boshqa bir insonga aylangan bo’laman. ....... bu senga so’nggi so’zim so’nggi maktubim. Alvido armon bo’lgan sevgilim…
|
Категория: Sevgi dunyosi |
Просмотров: 816 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|