Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » May » 7 » So'g'inch azobi ! ! !
16:34 So'g'inch azobi ! ! ! |
Bir kam dunyo bu! Kimdur yig’laydi sevgi dardida, kimdur farzand dog’ida, kimdur ota-onasi qarindoshlari uchun. Ayting bu dunyoda dard alam, yuragida og’riq yo’q inson bormi? Xammasidan ham og’iri sog’inch azobi. Inson hamma narsaga chidaydi lekin sog’inch azobiga emas! Mana man degan tog’dek insonlarni egib qo’yadi bu tuyg’u! Bazi insonlar bir umr sog’inch azobida o’tadilar. Men ham bir umr so’g’inch azobiga mahkumman!
Esimda xuddi bugungi kundek bulutli edi o’shanda osmon! Xayot tashvishlaridan siqilib, kuzning bulutli xavosida aylangani chiqdim. Ashula eshitib, barglarni tepib yo’lakdan yurib borardim. Havo ham meni qalbimdek bulutli edi. Shunaqa berilib barglarni tepib borardimki xatto orqamdan kelayorgan mashinaga e’tibor bermabman…
Ko’zimni ochsam mashinani tagida yotibman, o’rnimdan turay desam tura olmayman. Shafyor ham dovdirab qolgan. Bir necha daqiqada odamlar qurshovida qoldim. Xamma yoq oppoq ko’rinardi ko’zimga. Ko’zlarim ochiq lekin xech nimani ko’rmasdim. Faqat ovozlarnigina eshitardim. O’zimga kelsam kasalxonadaman. Vrach yonimga kelgach axvolim xaqida xabar topdim, oyog’im singan ekan. Mashinani egasi yonimga kelib, mendan kechirim so’radi. To’g’risini aytsam o'shanda bu axvolga tushganimdan juda xursand edim, chunki bir oz bo’lsa ham xayot tashvishlaridan uzoqda bo’laman. Farruh (yani meni urib ketgan mashinani egasi)menga tuzalib ketgunimcha yonimda bo’ldi. Uch oydan keyin oyoqqa turib ketdim.
Uyda qizim bilan o'ynab o’tirsak Farruh telefon qilib meni kechki ovqatga taklif qildi. Sham yorug’ida u bilan gaplashib o’tirdik. Gap so’zlaridan mani sevishini sezdim. Ovqatlanib bo’lgach meni qo’limni so’radi, menga uzuk sovg’a qildi. Men ikki o’t orasida qoldim axir u bilmasdi turmush qurganimni. Taklifiga o'ylab ko’raman dip javob berdim. Oradan uch oy vaqt o’tdi, u xar kun telefon qilar men esa nima deb javob beraman deb o’ylardim. Axir o’zim xam uni sevib qolgan edim… Chorasiz sevgi e voh qanday azobga qoldim! Undan vos kechgim kelmasdi. O’zimdan qancha uzoq tutsam ham u mendan vos kechmadi. Ming azob ila bor xaqiqatni aytdim. U ko’zlarimga qarab meni sevishini va xech qachon vos kechmasligini aytdi. Bo'layotgan gap so’zlardan xabar topgan Farruhni ota onasi meni kelib do’pposlab ketishdi…
Farruh telefon qilib derazadan qarashimni iltimos qildi. Juda xursand menga nimadur aytaman deb turganda katta tezlikda kelayotgan yuk mashinasi uni urib yubordi. 2 daqiqada sevgilimmi joni uzildi, menga nimadur aytmoqchi edi ammo aytolmay qoldi. Men esa o’zimmi derazadan tashladim. Ko’zimni ochsam kasalxonadaman. Dugonam qo’limga taklifnomalarni berib, meni bag’riga bosib yig’ladi. Farruh menga ota onasini roziligini olib, to'yimiz uchun taklifnoma yozdirib kelgan ekan, afsus sevgilim menga bu xabarni yetkaza olmadi. Men esa bir umrga nogironlik aravasida yurishga majburman! Yuragimdagi armon ich etimni yemiryapti. Bilmadim yana qancha yashayman lekin yuragimdagi so’g’inch, armon meni tinch qo'ymayapti!
|
Категория: Sevgi dunyosi |
Просмотров: 810 |
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|