Главная » 2014»Noyabr»3 » Slovakiya kompaniyasi dunyodagi ilk ucharmashinani namoyish etdi
07:35
Slovakiya kompaniyasi dunyodagi ilk ucharmashinani namoyish etdi
Slovakiyadagi kompaniya uchar avtomobilning ishlaydigan varianti — Aeromobil 3.0’ni ishlab chiqdi. Bu haqda Rt.com xabar bermoqda. U 29-oktabr kuni Vena (Avstriya)dagi Pioneers Festival innovatsiyalar festivalida namoyish etildi.Mashinaning tezligi yerda soatiga 160 kilometr, havoda esa 200 kilometrgacha yetishi mumkin. Bir soatda u 15 litr benzin sarf qiladi.Ishlab chiquvchilarning aytishicha, aeromobil parvoz xavfsizligi uchun zarur bo‘lgan barcha vositalar bilan jihozlangan. Kompaniya ushbu ixtiro tez orada seriyali ravishda ishlab chiqarila boshlashiga umid qilmoqda.