SHERLAR.BIZ Juma, 26.04.2024, 10:40
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Yanvar » 10 » Siz "etibor istaysizmi yoki.,,,,?
02:44
Siz "etibor istaysizmi yoki.,,,,?
Ko‘pincha kimnidir yoqtirib, uning e’tiborini tortish qiyindek tuyiladi. Nazaringizda, u sizdan ancha yiroqda: qo‘lingiz yetmaydi, hech qachon erisha olmaysiz. Biroq hammasi siz o‘ylaganchalik emas. Eng avvalo, siz e’tiborini tortishni istagan odam sizning e’tiboringizga arziydimi-yo‘qmi, shuni aniqlashingiz kerak. Shundan keyingina bir qarorga kelishingiz mumkin. Demak, yaxshilab o‘ylab javob bering: nima sababdan uning e’tiborini tortmoqchisiz? U bilan nikohdan o‘tmoqchimisiz? Yoki oniy havas asirimisiz? Yoki uni avval yaxshiroq bilib olishni istaysizmi? Xatti- harakatlaringiz ham shunga yarasha bo‘ladi. Biroq siz yoqtirgan odamning e’tiborini tortish borasida bir qancha umumiy tavsiyalar mavjud. Quyida ularning ayrimlarini keltiramiz. * Eng avvalo uni yaqindan o‘rganing. Kim u, nimani yaxshi ko‘radi, nimani yoqtirmaydi, qanday muomalani ma’qul
ko‘radi, nimalarga qiziqadi? Buning uchun esa, kamroq gapirib, kuzatishingizga, tinglashingizga, tahlil qilishingizga to‘g‘ri keladi. * O‘rganish jarayonida jonga tegmang. Betayin savollar bilan uning boshini qotirmang. Chetdan kuzatishga harakat qiling. Uning hayoti tafsilotlari haqida do‘stlari, qarindoshlari va tanishlarini savolga ko‘mib tashlashdan ham foyda yo‘q. * O‘rganish jarayoni ancha og‘ir ekanini, tezda tugamasligini hisobga oling. Axir, tez erishilgan narsa tez yo‘qotilishi hammaga ma’lum-ku. * Uni o‘rganing, ammo o‘zingizni ko‘zko‘zlayvermang. Ko‘proq vaqtgacha e’tiborini tortmaslikka harakat qiling (har qancha ziddiyatli tuyilmasin). O‘zingizni yaxshi ko‘rsatishga urinmang. O‘zingizga kerak odamni tanlang, kimningdir e’tiborini tortish niyatida bo‘lmang. * Uning qiziqishlarini baham ko‘rishga urining. Biroq bunda samimiyat zarur, aks holda, bundan hech nima chiqmaydi. Agar uning qiziqishlari sizga yoqmasa, demak, unga bo‘lgan munosabatingiz ham yuzaki bo‘lishi mumkin... * Uning qiziqishlarini baham ko‘rish asnosida asta-sekin e’tiborini torta boshlaysiz. Avval unga inson sifatida qiziqarli bo‘ling: bu holatda tug‘ilgan qiziqish ancha chuqur bo‘ladi va uzoq davom etadi. * Uning didini ham o‘rganish lozim. Axir, unga yoqmaydigan uslubda kiyinsangiz, e’tiborini torta olmaysiz. * Uni cho‘chitishi mumkin bo‘lgan ishlarni qilmang, garchi noan’anaviy harakatlaringiz bilan uning e’tiborini tortishni xohlasangiz ham. Bunday holatda uni o‘zingizdan nari itarishingiz mumkin. * Unga hayotda nima yetishmasligini bilishga urining (moddiy narsalar emas, muloqot printsiplari). Hayrat, do‘stona munosabat, suhbat, sukut?.. * Shuni unutmaslik kerakki, o‘rganish jarayonida o‘sha odam hafsalangizni pir qilishi hech gap emas. Chunki siz real odam emas, o‘zingiz xayolingizda yaratgan obrazni sevgan bo‘lishingiz mumkin. Obraz erib ketgan bo‘lsa, buning qo‘rqinchli joyi yo‘q. Uning haqiqiy
qiyofasini keyinroq (masalan, to‘ydan keyin) emas, hozir bilib olganingiz yaxshi-ku. Bu bilan siz hech nima yo‘qotmaysiz. * Natija siz kutgandek bo‘lmasa, tushkunlikka tushmang. Baxtingizga nuqta qo‘ymang. Balki sal nariroqda sizni haqiqiy baxtingiz, sevgingiz kutayotgandir. Sizni qadrlolmaydigan odamga vaqtingizni sarflab yurmang!
Категория: Foydali maslahatlar | Просмотров: 994 | | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 1
Bek_akan10.01.2013 09:32
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz