Статистика |
Hozirda saytda: 40 Mexmonlar: 40 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Fevral » 12 » Sirojiddin Ruhshona haqida nima demoqda?
00:22 Sirojiddin Ruhshona haqida nima demoqda? |
-San'atda juda kamnamosiz nima uchun? Umuman ko'rinmay qoldingiz desak ham bo'ladi.
-San'atda kamnamoligimning sababi, birinchidan Akfa-media markazi ma'lum bir sabablarga ko'ra yopildi. Biz bu markazga juda ham o'rganib qolgan edik. Akfa-media bizni juda ham qo'llab-quvvatlar edi. Bu markazdan alohida chiqib ketganimizdan so'ng, nima qilishga bosh qotib qoldi. Lekin bir narsani tan olaman. Akfa-mediani o'zida ham men ancha ko'rinmay qolgan edim. Chunki, nima desam bo'ladi, buni sababini o'zim ham bilmayman. Oxirgi klipimiz Umidaxon bilan bo'lgan bo'lsa, ushbu klipimiz bahorda va yozda TV ekranlarda aylantirildi. Shu bilan ijodimizda tanaffus bo'lib qoldi.
-Hozirda ijodingizda qanday yangiliklar? Har holda mana yana san'atga qaytdingiz. Muhlislaringizga qanday syurprizlar tayyorlayapsiz?
-Bilasizmi, men yoshligimdan Sirojiddin Hojiyev bo'lib chiqishni juda ham orzu qilganman. Biz Akfa-mediada ishlaganimizda har birimizga taxalluslar o'ylab topilgan. Misol uchun Ruhshona. Meni ismimni o'zgartirishmasdan shunchaki Sirojiddin deb familiyamsiz tanila boshlaganman. Nimadir kamga o'xshaydi nazarimda. Qayerga borsam, familyangiz nima deb so'rashardi. Mana endi Akfa-media markazi bizga oq fotiha berib chiqarib yuborishdi. O'zimiz alohida chiqganimizdan so'ng, shu kunga qadar to'rtta qo'shiq yaratishga muvaffaq bo'ldik. Birinchi qo'shig'imiz Musaxon Nurmatov g'oyasi asosida yaratilib, "Yetar" deb nomlanadi. Milliy estrada yo'nalishida ijro etilgan. Bu taronamiz uchun Nozim Tolipov tomonidan klip ham sur'atga olindi. Hozirda ushbu video klipimiz muhlislar hukmiga taqdim etilish arafasida turibdi. Ikkinchi qo'shig'imiz "Xur sevgi" deb nomlanadi. Bu taronamiz uchun ham yaqin kunlarda klip suratga olish ishlarini boshlaymiz. Uchinchi qo'shig'imiz sho'x tarona bo'lib, "Aynan" deb nomlanadi. To'rtinchisi esa keling hozircha sir bo'laqolsin. Bu muhlislar uchun syurpriz. Mana endi ketma-ket ijod qilish bilan bandmiz. Bu yog'iga to'xtash yo'q.
-Akfa-mediadan ajralib chiqganingizdan keyin faqatgina to'rtta tarona yaratishga muvaffaq bo'ldingiz shundaymi?
-Akfa-mediadan ajralib, alohida chiqganimizga hali ko'p bo'lgani yo'q.
-Sizni ko'rinmay qolganingizga esa ko'p bo'ldi. Demak siz ushbu markazdan ketmasdan oldin san'atda ko'rinmay qolishni boshlagansiz?
-To'g'ri. Usha vaqtdanoq ekranlarda ko'rinmay qolgandim. Bilasizmi, menga ko'p joylarda "Nima uchun Ruhshona bilan Umidaxonga ko'p kliplar olishadi?", deb savollar berishardi. Lekin biz raxbarimizni aytganlarini qilar edik. Ular kimga nima qilish kerakligini o'zlari bilishardi. U yerda hamma ixtiyoringiz o'zingizda bo'lmaydi. Mana bunday tarona yozamiz deb aytolmaysiz. Shuning uchun ular nimani bizga munosib ko'rishsa, biz shuni qilar edik. To'gri lekin juda ham kam ijod qilganman Ruhshonaga nisbatan.
-Vaholangki, Akfa-mediaga Ruhshona bilan bir vaqtda kelgansiz.
-Bir kunda kelib, bir kunda qo'shiq yozishni boshlaganmiz. Sababini bilmadim (kuladi) Men ham muhlislarga ko'plab taronalar taqdim etishni juda yaxshi ko'raman. Mana endi o'zimiz alohida ijodni boshladik. Bu yog'iga nasib qilsa, ijodni kuchaytiramiz va ko'p-ko'p qo'shiqlarni muhlislar uchun taqdim etamiz.
-Hozirda boshqa bir markazlar bilan shartnoma tuzilmagan holda o'zingiz ijod qilyabsiz to'g'rimi?
-Xa. O'zimizda sharoit bor hozirda. Shuning uchun o'zim ijod qilyabman. Bundan tashqari meni ikkinchi kasbim ham bor. Buni hamma biladi. Tish shifokoriman.
-Siz uchun haqiqiy kasbingiz qay biri? San'at balki hobbidir siz uchun?
-Yo'q birini hobbi, birini haqiqiy kasb deb bo'lmaydi. Shifokorlikka shuncha o'qigan bo'lsam ham, baribir san'atga bo'lgan qiziqishim yuqori keldi va shifokorlikni ma'lum vaqt tashlab qo'ydim. Bu kasbni juda chuqur o'rganish kerak. Yoshligimdan shifokor bo'lishni orzu qilganman. Lekin san'atkor bo'lish orzusi ham yo'q emas edi. Yoshim ulg'aygani sari san'atkor bo'lishni juda hohladim. Mana hozir san'at sohasida ketyabman.
-Ijodingizdagi taronalaringiz milliy estrada yo'nalishida ijro etiladi. Imidjingizni o'zgartirish fikri tug'ilganmi hech?
-Meni fikrim bo'yicha har bir insonga har xil iqtidor beriladi. Masalan, Shahriyor va Shohruh reperlar bor. Ular o'zini qo'shiqlarini juda ham zo'r ijro etishadi. Lekin men ularni qo'shig'ini aytolmayman. Ammo men aytgan taronani ular ham ayta olmasligi mumkin. Har bir inson o'ziga yoqqan qo'shiqni aytishi kerak. To'g'risini aytaman men ijodimda o'zimga yarashmagan qo'shiqlar ham aytdim. Shunchaki sinab ko'rdim.
-Ommaga tarqalganmi u taronlaringiz?
-Tarqalgan. Kimlar qanday qabul qilgan bimadim.
-Aynan qaysi yo'nalishda?
To'g'risini aytsam men o'zi toza estrada yo'nalishida qo'shiq aytishni hohlamayman. Chunki, men o'zim uyda oynaga qarab shu qo'shiqlarni aytib ko'raman. Lekin yarashmaydi menga. Nima desam bo'ladi? Meni bo'yim ham baland. Oynaga qarab qandaydir harakatlar qilsam, yarashmaydi menga. (kuladi) Ko'proq bir joyda o'tirib, yoki turib milliy qo'shiqlarimizni aytgim keladi. Keyin masalan siz o'zingiz yaxshi ko'rgan qo'shig'ingizni hirgoya qilasiz to'g'rimi? Men hayotda estrada qo'shiqlarini hirgoya qilmaganman. Faqat milliy qo'shiqlarni ijro qilib yurardim. Agar milliy taronalarni ijro qilsam mazza qilaman.
-Kimlarni ijodiga qiziqasiz?
-Milliy yo'nalish bo'yicha ustozlardan Ozodbek Nazarbekov, rahmatli Ohunjon Madaliyev, Muhriddin Holiqovlarni ijodini juda yaxshi ko'raman. Ularni qo'shiqlarlini yoshligimdan eshitib katta bo'lganman. Bilasizmi, hozirgi yosh bolalar faqat zamonaviy estrada yo'nalishidagi qo'shiqlarni eshitishadi deyishadi. Ammo ularni orasida ham milliy qo'shiqlarni eshitadigani bor. Men yoshligimdan Ohunjon Madaliyev, Muhriddin Holiqov, Izzat Ibragimovlarni taronalarini tinglaganman. Keyinchalik yoshimiz sal ulg'ayganidan so'ng, Ozodbek Nazarbekovning ijodlariga qiziqish uyg'ondi. Hozirda mana Alisher Fayzni ijodi juda yoqadi. Keyin ko'p joyda aytganman, juda sevib tinglaydigan taronalarim bu turkcha taronalar. Misol uchun Ibrohim Totlisasni taronalari yoqadi. Turkiyada ham bizni "Yangi kun" deb nomlangan ko'rstuvga taklif qilishgan. U yerda jonli ijroda qo'shiq kuylash kerak bo'lgan ya'ni beshta tarona. Men uchta taronani kuylab, so'ng turkcha qo'shiq bilasizmi deyishganda Ibrohim Totlisasni qo'shig'ini kuylab berganman. Turk estradasini juda ham yaxshi ko'raman. Aslida estrada qo'shiqlarini ham eshitaman. Ammo men bu qo'shiqlarni qoyilmaqom qilib ayta olmasam kerak. Balki aytarman. Lekin o'zimga ijroyim yoqmaydi.
-Akfa-medianing deyarli barcha xonandalari kinoda ham rol o'ynashgan. Faqatgina siz bundan mustasnosiz. Sababi nima?
-Masalan Akfa-media markazida o'zlari kino olishar edi. Qoyil qolish kerak. Juda ham yaxshi kinolar suratga olishadi. Jahongir Poziljonov, Javlon Shodmonov va hozirda mana Otabek Mirzaholov ham filmlar suratga olmoqda. Ruhshona ham bir dona qo'shig'i chiqganidan so'ng, filmda rol o'ynadi. Umidaxon ham xuddi shunday. Meni esa rol o'ynamaganimni sababchisi o'zim. Filmlar bir soat, bir yarim soatlik bo'lsa, men uch daqiqalik klipni o'zida juda qiynalaman. Aktyorlik mahorati menda umuman yo'q. Men buni tan olib aytaman. Bu tarafdan menga umumnan qobilyat berilmagan. Misol uchun Ruhshonada bunday mahorat bor. Menimcha o'zi eshitib qolsa, hafa bo'lmasinu ammo xonandalikdan ko'ra aktyorlik mahorati unda ko'proq deb o'ylayman. Men shu jihatini hurmat qilaman. Sababi, ijodimizni boshida klip suratga olinayotganida, kamera qo'yildimi tamom atrofga ahamiyat bermay obrazga kirib ketar edi. Men esa bir dona klipimni o'zida bitta kamera yonida esa ikkita do'stim tursa ham, xijolat bo'lib, zo'rg'a harakat qila olaman. Filmda suratga tushaman deganimda albatta tushirishardi. Ammo men o'zim buni hohlamaganman. Inson baribir o'zini qo'lidan kelgan ishini qilishi kerak. Men to'g'risini aytaman. Eshitib qolishsa hafa bo'lishsa bo'lishsinu, ammo nechta aktyor va aktrisalarni ko'ryabmiz ikkitadan bittasi aktyor va aktrisa. To'g'ri hammasi emas. Ammo mahorati yo'qlari ham bor. O'zim balki qarib ketganmanmi bilmayman, ammo menga Yodgor Sa'diyev, Murod Rajabov, Erkin Komilovning, yoshlardan esa Adiz Rajabovni ijodlarini juda ham qattiq hurmat qilaman. Ularda haqiqiy mahorat bor. Men qobilyati bor insonlarni barini hurmat qilaman. Lekin menda bunday mahorat yo'q.
-Mana shunday kasbini yetuk mutahhasisi bo'lish uchun qobilyatni o'zi yetarlimikin yoki albatta o'qib, ma'lumotga ega bo'lishi kerakmi? Siz ham boshqa sohada o'qigansizku, ammo san'atda o'qimagansiz to'g'rimi?
-Men 100% ayta olaman. Bu narsaga qobilyatni o'zi yetarlilik qiladi. O'qish shart emas. Chunki bu qobiliyat yoshlikdan beriladi. Misol uchun men ham yoshligimda daraxtlarni ustiga chiqib qo'shiqlar kuylab o'tirar edim. Uydagilar tush deb rosa chaqirishsa ham tushmasdan baland ovozda qo'shiq kuylardim. Butun mahallaga eshitilib turardi ovozim. Bilasizmi, san'atda qobiliyati yo'q insonni ming o'qiting baribir foydasi bo'lmaydi. Endi hozir juda ham texnikalarimiz rivojlanib ketdi. Shu haqida bir qiziq voqea yodimga tushib ketdi. Bir taronamni do'stimizni studiyasida yozib tugatdik. Tashqariga chiqganimizda bizga xorijdagi studiyalardan birida qo'shiq yozilayotgan vaqtdagi bir video lavhani qo'yib berishdi. Studiyani ichida bir qiz juda chiroyli qo'shiq kuylayabdi. Ovoz yozayotgan ovoz rejissyori esa juda qiynalib, badanidan terlar chiqib ishlayabdi. Nimaga u bunday qiynalib ishlayapti? Menimcha kuchli ilhom bilan ishlayabdi shekili dedim. Hamma kulib turibdi. Bir vaqt kamera ichkari xonaga ya'ni qiz qo'shiq aytayotgan xonaga kirdi. Bir mahal haligi qizni ovozi butunlay boshqacha, o'ta falsh ijro bilan qo'shiq aytayabdi. Qo'shiq tugagandan so'ng, ovoz rejissyori qizni ovozini cho'zib juda chiroyli yakunlab berdi. Aslida esa qiz unday kuylamayotgan edi. Ovoz rejissyori esa holdan toyib ketgan. (kuladi) Xonandaning prodyusseri zo'r aytdi desa, ovoz rejissyori u emas men zo'rman deb aytdi. Bu gapim bilan hozirda juda ham texnika rivojlanib ketgan. Yiliga sakkiz yuzlatalab qo'shiqlar yaratib tashlashyabdi. Meni esa bunga aqlim ham yetmaydi. Men bir oyda bitta tarona yaratishim mumkin. Chunki bitta taronani yaratish uchun men o'n, o'n besh kunlab tayyorlanaman. Yana bir narsaga g'ashim keladi. Xonandalar studiyaga kirib olib, qo'lidagi qog'oziga qarab kuylashadi. Axir taronani dard bilan aytish kerakku. Men shu vaqtgacha bir dona qo'shig'imni ham yodlamasdan aytmaganman. Shu taronani yodlab, ichiga kirib, keyin aytaman.
-Konsert dasturi ham qo'yish niyatingiz bormi?
-Albatta shunday niyatim bor. Hammasi o'ylaganimdek ketsa, shu yil 7-sentyabrlarga ya'ni shu kuni onam tavallud topganlar. Ayni mana shu kuni kichkinagina zalda bo'lsa ham misol uchun Turkiston San'at saroyida jonli ijroda konsert dasturimni qo'yish niyatim bor. Men jonli ijro tarafdoriman. To'ylarda ham kerak bo'lsa jonli ijroda kuylayman.
-Demak konsert 100% jonlio ijroda bo'ladi.
-100% jonli ijroda bo'ladi. Yigirmata qo'shiq bo'ladi va bularning barchasi jonli ijroda kuylanadi. Nasib qilsa mana shunday rejalarimiz bor. Har bir narsa niyatga bog'liq. Bu ham bir yaxshi niyat.
-Ijoddan bo'sh vaqtingizda nima bilan shug'ullanasiz? O'zi bo'sh vaqtingiz bo'ladimi?
-o'ladi albatta. Masalan inson o'zi uchun bir kunda ozgina bo'lsa ham vaqt ajratish kerak. Hamma har xil ish bilan mashg'ul bo'ladi. Men esa har doim Abror ismli do'stim bilan birga nima bo'lishidan qat'iy nazar, telefonimni o'chirib qo'yib, hech kim halaqit bermasligi uchun PlayStation o'yinini o'ynayman. Shu o'yinni juda yaxshi ko'raman. Doim aytishadi "har kuni o'ynab charchamaysanmi" deb? Yana bir xil o'yin ya'ni futbol o'yinini degan savollarni berishadi. Men esa ichmasam, chekmasam, biron joyga bormasam, hech bo'lmaganda o'zimga bir soat vaqt ajratay deyman. O'yin o'ynab hordiq chiqaraman.
-Sport bilan ham shug'ullanasizmi?
-Sport bilan har kuni mukammal shug'ullanib boraman. Yoshligimda Sambo sport turi bilan shug'ullanganman. Keyin biroz betob bo'lib, meni jarrohlik yo'li bilan operatsiya qilishgan. Shundan so'ng sambo bilan shug'ullanmaganman. Hozir esa sport zallariga borib shug'ullanib turaman. Do'stlarim bilan futbol o'ynab turamiz.
-Sirojiddin qanday fe'l-atvorli inson? O'zingizda eng hurmat qilgan jihatlaringiz?
-Keling buni yaxshisi meni tanigan, bilgan insonlar aytaqolsinlar.
-Unda aksini ya'ni eng yomon ko'rgan jihatlaringizni sanab o'ting?
-Masalan ertalab uydan chiqayotganimda kayfiyatimni ko'tarib chiqib ketaman. Lekin ozginagina bir arzimas narsa yoki hodisa yuz bersa, tamom kun bo'yi o'sha kayfiyatda yuraveraman. Kayfiyatimni ko'tarilishiga hech nima ta'sir qilmaydi. Hayolimdan chiqaray deymanu chiqara olmayman. Tez jaxlim chiqib ketadi. Lov etib yonamanu, ammo bir pasda o'tib ketadi. Yana bir yomon ko'rgan odatim bu, bir insonni yaxshi ko'rib qolsam tamom uni sevib, qattiq yaxshi ko'rib qolaman. Yomon ko'rgan jihatlarim shu.
-Katta hayotga qadam qo'yib bo'lgansiz, ammo jiddiy hayotga qachon qadam qo'yish niyatidasiz? Balki sevgan qizingiz bordir?
-Yo'q sevgan qizim yo'q. Bo'lgan bir vaqtlar. Bilasizmi, do'stlarimni ba'zilari aytishadi, qizlar bilan ikki-uch kun gaplashib jonimga teyib ketdi deyishadi. Men ham qaniydi shunday bo'la olsam, men unday emasman. Bir odamga bog'lanib qolaman. Shuning uchun iloji boricha shu narsadan uzoqroq yurganim yaxshi deb qolaman. Ammo hali hech qayerda aytmagan sirimni aytaman. Birinchi Akfa-mediaga kelganimda eng katta xatoyim - bir insonni sevib qolganman. Shundan so'ng o'zimni hayotimda juda ham katta xatoliklar kelib chiqdi. Hozir esa uni umuman yaxshi ko'rmayman. Yaxshi ko'rib qolish niyatim ham yo'q. Uylansam o'sha insonni yaxshi ko'raman xudo hohlasa (kuladi). Katta hayotga albatta qadam qo'yaman. Oilamdagilar ham o'n to'qqiz yoshimdan boshlab uylantiramiz deyishardi. Sababi, hozirda ota-onamga kelin kerak. Chunki men oilada eng kichik farzandman. Aka-opalarim hammalari uyli-joyli. Biz oilada yettita farzandmiz. Men eng kichigi bo'lsam, o'zingiz o'ylayvering eng kattamiz ham kattalar. Ota-onam ham qarib qolishgan yoshlari katta. Shuning uchun ularga kelin kerak. Men esa hali vaqti emas deb hisoblayman. Hali yoshman. Katta hayotga qadam qo'ygandan keyin inson ulg'ayishi, mas'uliyatni his qila olishi kerak. Men bir oilani boqa olaman. Ammo o'zim hali katta bo'lmadim deb hisoblayman. Bu masala bo'yicha men hali ulg'aymadim. Lekin nasib etsa albatta vaqti kelganda oila quraman.
-Turmush o'rtog'ingiz qanday fe'l-atvorli bo'lishini hohlaysiz?
-Turmush o'rtog'imni juda ham sodda bo'lishini orzu qilaman. Chunki mendan aqlli bo'lib qomasligini hohlayman. Sababi, menda bir odat bor, ya'ni rus tilida aytganda "Egoist" mana shunday insonman. Turmush o'rtog'im mendan aqlli bo'lib ketishi kerakmas, mendan zo'r taraflarini ko'rishim kerak emas. U holda men siqilaman. Buni o'ziga aytmayman. Ammo qiynalaman shunday bo'lsa. Oilamizda ham onam juda soddalar. Nima desangiz ishonaveradilar. Dadam esa juda aqllilar. Men dadamga umuman o'xshay olmadim. Ayolim ham sodda bo'lsa yaxshida (kuladi). Yana ozoda bo'lishini hohlayman. Kiyimlaringiz, uylaringiz ozoda, saramjon-sarishta bo'lib tursa yaxshi.
-Taom pishirish borasida qandaysiz? Ko'p erkaklar oshxonadan yiroqda bo'lishadi. Sizda qanday?
-Men yashirmay aytaman. Birinchi ishni men somsachilikdan boshlaganman. Somsachi bo'lganman. Somsa yopganman. Lekin bu ma'lumotni ham hech qayerda aytmagandim. Bu Muz.uz sayti uchun maxsus ilk ma'lumot.
-Albatta bu mehnat. Mehnatning esa aybi yo'q. Bu ham juda yaxshi xunar.
-To'g'ri. Ammo menga aytmagin deyishar edi. Bu halol mehnat. Bu ham bir kasb. Onda sonda do'stlarimni yig'ib, somsa yopib berishni yaxshi ko'raman. Haligacha shunday qilaman. Tandirda chiroyli qilib somsa yopishni yaxshi eplayman. Bu o'zimga ham yoqadi. Keyinchalik tish shifokorligi bo'yicha o'qidim. Undan so'n, mana san'atga qadam qo'ydim. Pazandachilik borasida ovqatni juda yaxshi tayyorlayman.
|
Категория: Shou biznes olami |
Просмотров: 1500 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|