SHERLAR.BIZ Payshanba, 26.12.2024, 19:42
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Yanvar » 28 » Shirin turmushimni zaharga aylantirdim
00:52
Shirin turmushimni zaharga aylantirdim
Erkak kishi uchun dardini doston qilish yarashmaydi, ammo joningdan o`tgach, gapirib, shu bilan biroz yengil tortar ekansan… Men ham baxtiyor yigitlardan edim. Sevimli kasbim, sevimli ayolim va baxtli oilam bor edi… Ayolim meni ertalab ishga << yaxshi boring>>, deb kuzatar, kechga esa << Yaxshi keldiyzmi? >> deb kutib olardi. Avvaliga men bu e`tibordan mamnun bo`lardim, keyinchalik esa tabiiy qabul qila boshladim. Bundan tashqari ikkinchi farzandim tug`ilgach, ayolim menga qandaydir e`tiborsiz bo`lib qolganday tuyula boshladi. Endi kechga uyga borsam, faqat bolalar bilan mashg`ul bo`lar, men esa televizor ko`rib o`tirardim. Bir kuni shunday zerikib o`tirganimda do`stim qo`ng`iroq qilib, bir joyga ziyofatga taklif qildi. Jon deb bordim. Borsam, ikkita juvon bilan o`tiribdi. Biri jazmani, ikkinchisi esa kursdoshimiz. Kursdoshimiz Marjona juda go`zal qiz edi. Men uni talabalik yillarida qattiq sevgan ammo, uning oshiqlari ko`pligidanmi yoki bir boyvachchaga tegib ketgani uchunmi, muhabbatini qozona olmagandim. Turmushga chiqqach esa tabiiyki, izhorlar to`xtagandi. Xullas, o`sha Marjona o`tiribdi. Quyuq salomlashdik. Ko`zlarimizdan ko`zlarimizni ololmay qoldik.U negadir ma`yus edi. Biz taklif qilgan aroqdan indamay ichganiga qaraganda nimalargadir qo`l ham siltagan edi… Xullas, o`sha kuni Marjona bilan uzoq gaplashdik. U turmushi buzilgani, erining giyohvand bo`lib qolgani va narkotika savdosi sabab hozir qamoqda ekanligi, ikki yil oldin qonuniy ajrashib ketishganini aytdi. Tavba, men ahmoq, bundan xursand bo`libman. O`sha kuni unga qancha yaltoqlanib, xushomad qilibman. Uni hozir yashab turgan uyiga kuzatibman, hatto, yonida qolibman… Ertalab uyg`onganimda ikkalamiz bir divanda… To`g`ri, u bilan ketayotganimni, nimalar qilayotganimni bilardim, ammo shayton qo`limdan yetaklaganda o`zimni qo`lga ololmabman.O`sha kuni u hamon meni sevishini, yolg`izlik joniga tekkanini, istagan vaqtim yoniga kelishim mumkinligini aytdi. Uydan zerika boshlagan menday erkak uchun bu ayni muddao edi. Xullas, men unga bog`lanib qoldim. Endi har ikki kunning birida unikida edim… Oradan bir oylar o`tgach, ayolim mendagi o`zgarishlarni sezib qoldi, izimdan odam qo`yganmi, aniq dalilar bilan nima qilib yurganimni isbotlab berdi. Men tabiiyki, buni tan olmadim. U janjal qildi. Shunda yana meni shayton yo`ldan urdi. Uydan chiqib ketdim. Axir meni kutib turgan ofatijon bor edi-da… Ayolimga achchiq qilib uydan ketdim. Marjona bilan yashay boshladim. Ana shunda uning asl basharasi ko`rindi. << Men bilan yashashni istaysizmi, xohlagan vaqtingizda kelmoqchimisiz, bir xonali bo`lsayam uy olib bering>>, dedi. << Bu uy-chi?>> deb so`radim. - Bu uy ijara. Qachogacha ijarada yashaymiz. Meni deb keldizmi, ta`minlab qo`ying- da – dedi. Men ahmoq aldanganimni o`shandayoq bildim, ammo o`zimni yig`ishtirmadim. Marjona <>, deb yig`ladi. Rahmim kelib, kreditga uy olish taraddudiga tushdim. Ungacha ijara haqqini ham Marjonaga berib turdim. Uy hal bo`lgach quvonganim va uning erkalashlaridan iyib, o`sha bir xonali uyni uning nomiga rasmiylashtirib berdim. O`sha vaqtlarda bir har kech umrbod ajralmaslikka ahd qilardik va bir-birimizni sevishimizni aytishdan charchamasdik… Shunday <> kunlarimizning birida kechqurun ishdan kelsam u meni uyga kiritmadi. Nima gapligini so`rasam: - Bugun xotining janjal qilib keldi. Mashinangni garovga qo`yib, uy olganingni ham, qachondan beri men bilan yashayotganingni ham bilarkan. Borib shuni hal qilib kel, - dedi dabdurustdan sensirab. - Bo`pti, hal qilaman, - dedim. Yo`q, u meni uyga qo`ymadi. Izimga qaytdim va o`z uyimga keldim. Eshikni shuncha taqqillataman, koshki ayolim ochsa? - Eshikni och, sen bilan gaplashib oladigan gapim bor, - dedim. – Bugun u yoqqa boribsan… Nega yana hayotimga aralashyapsan? Biz ajrashish uchun sudga ariza bergandik-ku! - Keting, men hech qayerga borganim yo`q! Bormayman ham! Ichkaridan kelgan bu ovozni eshitib qotib qoldim. Nahotki, Marjona meni aldagan bo`lsa! Darrov izimga qaytdim va yo`lda bir narsaga amin bo`ldimki, nega o`z uyimga borganimda yuragim jiz etmadi? Axir ichkarida o`z pushtikamarimdan bo`lgan farzandlarim bor edi-ku! Borib endi to`rtinchi qavatga chiqsam, beshinchi qavatdan uy eshigimiz oshildi va bir yigit chiqdi. Marjona u bilan o`pishib xayrlashdi va << o`zim qo`ng`iroq qilaman>>, dedi. Men ahmoq yigit yonimdan o`tib ketishini kutdim va u pastga tushib ketgach, uyga chiqib eshikni taqillatdim. Eshik ochildi. - Xotinchang darrov qo`yib yubordimi? – dedi u zarda qilib. – Men qaytib kelmasang kerak deb o`ylagandim - Xozir chiqib ketgan kim? – deb so`radim. - Nima ishing bor? Hamma narsa uchun hisob berishim shart emas, demaganmidim?! - Qoch! – men bir qo`lini eshikka, bir qo`lini beliga tirab turgan jazmanimni itarib, ichkariga kirdim va to`g`ri borib yotoqxonaga qaradim. Divan usti… - Bor yo`qol! – baqirdim unga - ket o`sha o`ynashingning oldiga! - Nima? – dedi u. – Nima deyapsan? Kim kimga o`ynash? Qayerda turganing yodingdan chiqdimi, deyman! Kerak bo`lsa o`zing yo`qolasan! Seni ko`rarga ko`zim yo`q! Ayol bir tutamasin ekan. Kechagina quchog`imda shirin so`zlarga ko`mgan Marjona o`sha kuni menga nimalar demadi. Uni deb shu yerda yurganim, uy olib berganimni pesh qildim, ammo u mendan jirkanishini ayta boshladi. Hech narsaga tushunmay qoldim. - Bu uy meniki! Men garovga mashinamni qo`yganman! – dedim.- Sening hech qanday haqqing yo`q! Sen chiqib ket, qorangni ham ko`rmay! - Kechirib qo`yasan, uy mening nomimdami? Demak uy meniki! Yo meni nikohinga olganmisan? Nima deyishni bilmay qoldim. Biz nikohda ham emasmiz. Bu esa jinoyat. Unga tenglashib bo`lmasdi. Arosatda qolgandim. - Agar menga ishonmaydigan bo`lsang, senga ikkita yo`l, - dedi u. Yo xotining bilan ajrashib, meni o`z nikohinga ol yoki bu yerdan daf bo`l! - Nima? Sen menga o`yin ko`rsatmoqchimisan? - Qo`lingdan kelsa birov bilan yur-da so`tak! Erkakman deb kerilasan! Ko`rsat erkakligingni! Erkak uchun bundan ortiq jazo bormi? Ming la`natlar bo`lsin senga, deya Marjonaning basharasiga tuflab chiqib ketdim. Ko`chadaman, qayerga borishni bilmayman. Bir kafega borib to`yib ichdim. Keyin miyamga bir fikr keldi. Meni unga uchrashtirgan o`rtog`imga qo`ng`iroq qilib, yonimga chaqirdim. U yetib keldi-da, mening ahvolimga ajablanib qaradi. - Ha tinchlikmi? – dedi u iljayib. – Yana kursdoshingni ko`rging kelib qoldimi, deyman? - Nimalar deyapsan? – dedim alamimdan yig`lagudak bo`lib. – Uning nomini tilgayam ola ko`rma! - O`sha kuni qanday bo`ldi? - Jig`imga tegayapsanmi? Avval seni nega bu yerga chaqirganimni so`ramaysanmi? - Nega chaqirding o`zi? Men unga javob berishdan oldin bir piyola bosib aroq ichdim, so`ng hammasini gapirib berdim. So`zlarimni tinglagan o`rtog`im menga shunchalik ayanchli tikildiki, Hayron qoldim. - Ahmoq ekansan! – dedi u menga. Men seni o`sha kuni unga uylanib ol, uy olib ber, deb chaqirmagan edim. U bilan gaplash, ko`nglini ol, maishatingni qil, degandim. Axir Marjona erga tekkach, bir yil o`tmasdan xiyonati uchun uyidan haydab yuborilgan, fohishaga aylangan-ku? Nahotki shulardan xabaring yo`q? - Nima? – boshqa so`z aytolmay qoldim. Chindan ham ahmoq ekanman. O`rtog`im o`yin qilamiz, deb mening uyimni kuydirib yuborgan ekan-ku?! Men o`rtog`imni urishni ham, so`kishni ham bilmasdim. Ahir hammasiga o`zim sababchi edim. Marjonaga o`xshagan ayollarga esa menga o`xshagan lapashang va ahmoqlar kerak… Ko`zim juda kech ochildi. Hozir ishimdan ham ayrilganman.Uyning krediti to`lanmagach davlat mashinamni olib qo`ymoqchi bo`ldi. Ana shunda oxirgi pullarim va do`stlarimdan qarz olib, jazmanimga olib bergan uyning qarzini to`ladim.O`zim esa ko`chada qoldim. Kunimga shu mashina yaraydi… Har kuni taksi haydayman va olgan qarzlarimni to`layman. Ota – onamning meni ko`rarga ko`zi yo`q. Ayolim esa hamon kechirmayapti. Har kuni kechqurun uyimga boraman, ammo xotinim eshikni ochmaydi. Ota-onam esa qachon xotining kechirsa, keyin biznikiga kirasan, deydi… Nima qilay, o`z hayotimni o`zim barbod qildim. Mana, sayoqlikning, xiyonatning oqibati…Men endi qachongacha bunday yashayman, bilmayman. Lekin bir kun kelib ayolimkechirar, degan umiddaman. Mabodo kechirmasa…o`zimni bir nima qilib qo`yaman…
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 1217 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz