Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Avgust » 5 » Shavqatsiz ayriliq
|
May. Yigit b-n qizning tanishganlariga 3 oy böldi. Yigit: "Bilasizmi, men...haligi... men...sizni..." Qiz: "Xösh?" Yigit: "...men sizni...-u gapirolmasdi. Ayni damda u qizning özining ovozini emas, yuragining dukurini eshitib qolmasligidan xavotirda edi,- ...sizni.." Qiz: "Bir nima demoqchimisiz?" Yigit: "Ha, men sizni...muzeyga taklif qilmoqchiydim" Qiz yigitning fikrini tushunib turardi. Muzey haqida eshitib ichida shöx kulib qöydi. Avgust. Ularning tanishganlariga 6 oy böldi. Yigit: "Sizga bir nima aytmoqchiydim" Qiz: "Nima ekan?" Yigit: "Men anchadan beri sizni haligi...,- uff, yana ösha yurak dukuri, har safar shunaqa yuragiga jahl qilardi yigit,- ..haligi..." Qiz: "Gapirasizmi?" Yigit: "Bu haqda köp öyladim. Men..yög'e siz...muzeyga boramizmi?" Qiz uning nima demoqchiligini bilardi. Shu sabab kulib yubordi. Hayolida esa öylardi: "Uff, yana muzeymi?" Noyabr. Ularning tanishganlariga 9 oy böldi. Yigit: "Bugun sizga bu haqda aytmasam bölmaydi. Men..." Qiz: "Muzeyga bormayman" Ular yengil kulishdi. Biroz ötgach yigit: "Sizni ilk marta körganimdayoq,- yigit qizning közlariga birrov qaradi. U yigitga jiddiy tikilib turardi. Nimadir yigitga bu safar ham halal berdi,- ...öshandayoq sizni ajoyib döst ekanligizni bilgandim" Qiz indamadi. Bu safar u og'ir xörsinib qöydi. Fevral. Ularning tanishganlariga bir yil töldi. Endi yigit dil izhoriga qattiq tayyorlandi. Ular uchrashishdi. Yigit: "Bilasizmi, men sizni juda..." U yana qizning közlariga qaradi. Qizning nigohida ilgari hech körmagan g'alati ma'noni ilg'adi va yana jim qoldi. Qiz jimgina sumkasidan bir konvert chiqardi. Yigitga uni tutqazib özi keta boshladi. Yigit uning ortidan biroz qarab turdida bor ovozida baqirdi: "MEN SIZNI SEVAMAAAN!!! Qiz joyida bir daqiqa töxtab qoldi. Keyin ortiga ham qaramay yana sekin yurib keta boshladi. Yig'ladi shekilli, daströmolini qöliga oldi. Yigit yengil tortdi va keyin qölidagi konvertni ochdi. Eh...ösha konvertda qizning bölajak töyiga taklifnoma bor edi...
|
Категория: Sevgi dunyosi |
Просмотров: 652 |
| Рейтинг: 5.0/3 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|