Assalomu alaykum azizlar. Bu she'r mening qalamimga mansub bo'lmasa-da e'tiboringizga xavola qilmoqdaman.Bu she'r sevimli jurnalimiz "Sharq yulduzi"da 1990-yildan oldin nashr etilgan. Keldim... Tashrifimdan ostona tosh kabi qotdi, Eshiklar teskari burdi yuzini, Sukunat yuzini pardalar sotdi, Shamol ham sirdoshdek tutdi o'zini. Keldim... Izingni sezdirmay berkitdi g'ubor, Poyimda g'ujanak bo'ldi poyondoz Tortanak to'riga taqayotib tumor Cho'chidi sukunat! Odamzodga xos. Keldim... O'rtadagi yillar,yo'llarga yetdim Ana tashqarida yomg'ir guvohim Ishon,seni juda sog'inib ketdim Bu dunyodan topgan yolg'iz gunohim. Keldim... Bu damlarni qancha kutib,kuttirib. Boq,meni rosa yengdi ichikish. Shunda....zulmatga meni yutdirib Senmas,peshvoz chiqdi quyuq kechikish.