Главная » 2014»Mart»16 » Shahzoda qaynona-kelin munosabatlari haqida qo‘shiq kuyladi
22:14
Shahzoda qaynona-kelin munosabatlari haqida qo‘shiq kuyladi
Xonanda Shahzoda o‘z muxlislariga yana bir yangi taronasini taqdim etish arafasida. Tarona “Qaynona” deb nomlanib, uning matni kelin va qaynona munosabatlarini o‘z ichiga olgan. Bu haqda “Popcorn” nashri xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shiq musiqasini Kallen Mararo bastalagan, matn muallifi esa Komil Fozilov.
Mazkur qo‘shiqqa videoklip ham suratga olindi. Jamshid Xojiniyozov ssenariysi asosida Yodgor Nosirov tomonidan suratga olingan videoklip maishiy turmushda uchraydigan ba’zi voqealarni biroz hazilomuz tarzda aks ettiradi, deyiladi xabarda.Videoklipda Ozarbayjon ijodkorlarining mashhur “Qaynona” komedik filmidan ham kichik lavha qo‘llanilgan. Kelin rolida esa Shahzodaning o‘zini ko‘ramiz.Nashrning ta’kidlashicha, videoklip va tarona nafaqat yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi, balki ba’zi jihatlardan tarbiyaviy ahamiyatga ham ega.