ASSALAMU A'LAYKUM VAROHMATULLOHI VABAROKATUH Aziz saytdoshim. Bugun sizlarga yoritib bermoqchi bo'lgan mavzu juda xam dolzarb mavzu desam xam bo'ladi. Xech o'ylab ko'rganmisiz aziz saytdosh. Orzular com saytiga maslaxat so'rab ko'pchilik do'stlarimiz o'z dardlarini yozadilar. Ammo, ko'pchiligi o'z ota onasidan norozi bo'lishadi. Xo'sh bunga sabab nima???. Ota ona farzandiga yomonlikni ravo ko'rmaydi, Nima uchun bazi saytdoshlarimiz Sevgilisini ota onadan xam ustun bilishadi. Naxotki shu darajaga yetib kelishiga , Xozir qo'l telefoni, komyuteri, interneti borligiga va o'zi bilimli ekanligiga sabab Ota ona ekanligini anglab yetishmasa. Ota ona farzandi uchun o'zi yemay yediradi, kiymay kiydiradi, Ammo farzandi ulg'aygach uning xayotida o'zga bir inson paydo bo'ladi, o'sha insonni atigi 2 yoki 3 yillik mexri, ota onaning 18-19 yillik mexr muxabbatidan ustun bo'lsa? Ota-onasiz, Mexribonlik uyida katta bo'layotgan bolalar xaqida Kinolar orqali ko'p ko'rganmiz, Ular ota ona mexriga zor, Biz-chi..? Ota onamiz yonimizda bo'lishsa-yu, ulardan etiborimizni mexrimizni ayaymiz, Sevgan insonimizni ota onadan ustun bilamiz... Ota onamiz yonimizda ekanligidan xursand bo'lib, Va Allohga shukur aytaylik. Ota ona g'animat, Azizlar keling oz bo'lsa-da o'ylab ko'raylik, Ota onamiz yonimizda ekanliklarida qadriga yetib ularni duosini olaylik, Vaxolangki ular bu dunyoni tark etganlarida armonda qolmaylik. Baxtimizga barchamizning ota-onalarimiz sog' omon bo'lishsin. omin. Mexr oqibatli farzand bo'laylik.