Sevilish — boy bo'lishdan ham afzalroq, chunki suyukli bo'lish — baxtli bo'lishdir. (K. Tile. ) * * * Sevgi — bu yashamoqlik istagidir (M. Gorkiy.) * * * Sevgi barcha tuyg'ular ichidagi eng qudratlisidir, shuning uchun ham u aqlu xayolni, qalb va vujudni egallab oladi. F. Volter. Propertsiy. * * * Sevgi odamlarni kuch-qudrat tuyg'usi bilan boyitishi kerak va boyitadi ham. A. S. Makarenko. * * * Sevgi manman yuraklarni ham bo'ysuntiradi, dimog'dorlarni shavqatga o'rgatadi, Ammo uning asosiy xususiyati — nimaiki bor, barini nafosatga o'rab, yuksaklarga ko'taradi. Mayn Rid. * * * Chinakam sevish — o'zi haqida o'ylashni unutishdir. J. J. Russo. * * * Muhabbat odamni tanimaydigan darajada o'zgartirib yuborishi mumkin. Terentsiy. * * * Hech nima erkak qalbini sevilganlik tuyg'usidek kuchli rom etib, yumshatolmaydi. G. Senkevich. * * * Faqat sevgan kishigina inson degan nomga munosibdir. A. A. Blok. * * * Sevgi har qanday qismatga ham zarba beradi. M. Servantes. * * * Sevgi tuyg'ularimizning eng musaffosidir. B. Fontenel. * * * Hurmatning chegarasi bor, sevgi esa chegarasiz. M. Y. Lermontov. * * * Sevgisi yo'q odamlar — buzilgan odamlardir. B. Shou. * * * Qo'rqoq sevgi izhor qilolmaydi, bu mard kishining ishi. M. Gandi. * * * Sevgi oldida o'lim dahshati va zulmati hechdir. G. Ibsen. * * * Yolg'iz odam faqat soyadan iboratdir, kimniki hech kim sevmasa, u hamma joyda va hamma davrada yakka- yolg'izdir. J. Sand. * * * Sevgi o'limni yo'q qiladi va uni quruq sharpaga aylantiradi, U ma'nosiz hayotga ma'no bag'ishlaydi, baxtsizlikni baxtga aylantiradi. L. N. Tolstoy. * * * Sevgi nimaligini bilmaydigan gumrohga faqat achinish kerak. R. Berns.