SHERLAR.BIZ Dushanba, 23.12.2024, 00:19
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 35
Mexmonlar: 35
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Fevral » 15 » "Sevgi" - sen sevgi emas, haqiqiy O'g'risan
09:05
"Sevgi" - sen sevgi emas, haqiqiy O'g'risan
Assalom-u Aleykum !
Maqolamni sarlavhasini
o'qib ajablangandirsiz.
Haqiqiy bir o'g'ri bor,
bugun shu haqida biroz
yozmoqchiman. Nima uchun haqiqiy
deyapman ? Chunki bu
o'g'ri, biz insonlarga
o'xshash o'g'ri emas. Uni
hechkim, (Allohdan
o'zga) to'xtatib, yoki tutib bilmaydi ! Bu, shu
darajada yoqimtoy, yoki
yoqimli, kezi kelganda
alamli o'g'riki, agar bu
o'g'ri qalbingizga
o'g'rilikga kirsa bormi ......... Hayotingiz
butunlay o'zgarib
ketadi. Xo'sh, bu juda
ham mahfiyona,
hechkim to'xtata
olmaydigan O'g'ri kim ??? Bu qalblarning
o'g'risi, "Sevgi-
Muhabbat" !!! Qiziq ...
Sizda bir savol
tug'ulgandir. "Sevgini
ham o'g'ri deyish mumkinmi ?" degan ...
Ha albatta ! Har to'kisda
bir ayb ! Nima
dedingiz ... Hozir bularni
to'liq holda
tushuntirishga harakat qilaman ... "Sevgi" ...
"Sevgi" ... "Sevgi" ...
deymiz. Aslida kim o'zi-
u ? E yo'g'ey, nima o'zi-
u ? Qalbimizga so'roqsiz,
o'g'rincha kirib kelishiga nima haqqi bor ???
"Sevgi" ikki beg'ubor
qalbning, bir-biriga
nisbatdan chin mehri !
Men uni soddagina qilib
"O'g'ri" deyman. Nimaga deysizmi ? E'tibor
bering: Hech kimga
bildirmay, sezdirmay
qalbimizga birdan kirib
keladida, yurak
hislarimizni o'g'irlab, o'zga bir qalbga qo'shib
qo'yadi. Bu xuddi
anavi ... nima desam
ekan .... chet
davlatlarida ko'rsatadi-
yu, bir farishtacha uchib keladi-da, qo'lidagi
kamoni bilan qiz yoki
yigitni yuragiga qarab
o'q uzadi. Natijada ikki
yosh, bir-birlarini sevib
qoladi. Tovba ... Bu hodisa albatta hayolan
bo'ladi. Ya'ni sevib
qolishni tasvirlash.
Shuning uchun ham,
yurak rasmiga kamon
o'qini, ya'ni nayzasini suqib qo'yilgan holda
ko'rsatishadi. Bu xuddi
Sevgining ramziy
ma'nosiga o'xshaydi.
Shundan so'ng,
yuragimiz "Romantika" olamiga tushib qoladi.
Endi u o'g'ri, bemalol
qalbimizda in qurib,
yashay boshlaydi. Bu
O'g'riga qalbimiz
yoqish-yoqmasligini ahamiyati yo'q.
Qalbimizga kirib olsa
bo'lgani. To
o'lgunimizcha, qalbimiz
tubida biz bilan
yashayveradi. Biz o'lsak, u ham biz bilan o'ladi va
abadiy dunyoda ham,
bizni hamrohimiz
bo'ladi. Buni hechkim
ko'ra olmaydi.
Faqatgina his etadi xolos ... Bu so'z bilan
ifodalash qiyin,
ta'rifining cheki yo'q -
o'g'ri "Muhabbat" dir ! ...
Muhabbatni yana uch
karra xizmat ko'rsatgan o'g'ri deyish ham
mumkin. Qanaqasiga ???
Birinchidan: "Hech
qachon uxlamaydi !"
Ikkinchidan:
"Favqulotda vaziyatda jasur. Hech narsadan
qo'rqmaydi ham
qaytmaydi ham !"
Uchinchidan: "Bor
budingizni ship-shiydom
qilib ketadi !" Eng ajablanarlisi, o'g'ri Sevgi
yolg'iz emas. Uning bir
nechta sheriklari ham
bo'larkan. Ular kimligini
fahmlagandirsiz. Keling
yaxshisi ularni ham nomlarini aytib
o'tsam ... 1. "Armon". 2.
"Xiyonat". 3. "Ayriliq".
4. "Sog'inch". 5.
"Ishonch". 6. "Mehr". 7.
"Hijron" ... vaho kazolar. Qalbimizga birinchi
bo'lib o'g'rilikga,
O'g'rilarning yetakchisi
"Sevgi" kirarkan.
Qalbimizga asta-sekinlik
bilan moslashib olgach, ketidan "Ishonch" kirib
kelarkan. "Sevgi" va
"Ishonch"
birlashishgach, bu
o'rtaga "Mehr" ham
kelib qo'shilarkan. Uchovlon birga
bo'lishsa, biz juda ham
baxtli yasharkanmiz.
Sevgan insoningizni tez-
tez qo'msasangiz,
bilingki, endi ular uchkishi emas ! Qalbingiz
tubida joylashib olgan
Sevgi, Ishonch,
Mehrning oldiga,
"Sog'inch" ham kelib
qo'shildi. Ular endi to'rt kishi. "Sevgi"
yetakchilik qilsa,
"Ishonch" - sevgi
rishtalarni saqlab turadi.
"Mehr" - yorimizni
qattiq hurmat qilishimizga undasa,
"Sog'inch" - sevgan
insonimizni, shirin
dardlar bilan sog'inib
sevishimizda hissa
qo'shadi. "Xiyonat", "Hijron", "Armon",
"Ayriliq" .... Ular haqida
yaxshisi yozmaganim
ma'qul. Kimlarningdir
qalbidagi eski
xotiralarni eslatishini xohlamayman. Sevgi,
Ishonch, Mehr, Sog'inch
- kabi tuyg'ular
qalbimizga kirsin-u,
ammo Xiyonat, Armon,
Hijron, Ayriliq - kabi tuyg'ular, qalbimizni
chetlab o'tsin,
inshaalloh ! Bu qalb
o'g'risi, bizga sevimli
yorimizni sevish va
sevilishimizga yordam beradi. Qiziq, O'g'rilikga
kirib, o'g'irlamoqchi
bo'lgan kishisiga
yordam bersa-ya ? ...
Aqilli o'g'ri ekanda-bu
"Sevgi" ! Shuni o'zi bir afsungarlik emasmi ?
Qalb o'g'risi Sevgi, bizga
nimalarni hadya
etyapti ? Kimdir Sevgini
umuman yo'q deydi.
Kimdir esa borligiga ishonadi. Ammo, bu
aqilli o'g'ri, inson
qalbiga shunday kirib
oladiki, o'sha sevgini
yo'q degan inson ham,
Sevgini borligiga bir zumda ishonib qo'ya
qoladi. Shuni unutmang-
ki: Bu qalb o'g'risini
bizga Alloh in'om
etgan ! Buni men hazil
tariqasida o'g'ri deb tushuntiryapman.
Aslida Sevgi buyuk
tuyg'udir ! Erkak va
Ayol o'rtasidagi chin
mehr va hurmatni
ifodalab beruvchi, bu "Muhabbat !" Xo'sh, bu
qalb o'g'risi nega
qalbimizga o'g'rilikga
kiradi ? Maqsadi nima ?
Bu shunday dunyo-ki,
unda son-sanoqsiz kechinmalar mavjud.
Alloh bizni yaratgan
ekan, bizga qo'shib, turli
xil kechinmalarni
yaratgan Tabiatni,
Quyoshni, Oyni, Insoniylikni ... vaho
kazo. Shular qatorida
Sevgini ham. E'tiborlisi
shundaki, Alloh
barchamizni juftimiz
bilan yaratgan. Bir insonlarni emas,
dunyodagi jamiyki tirik
jonni. Hatto jonsiz
narsalarni ham, juftiga
qiyoslash mumkin.
"Quyosh" bilan "Oy", "Yer" bilan "Osmon" ...
Ko'ryapsizmi ? Bu
Allohning buyukligi ! Bu
Allohning mo'jizalari !
Alloh Sevgini, inson
qalbida chin mehr va hurmat bo'lishi uchun
in'om etgan ! Shunday
ekan, Sevgimiz avvalo
Allohga bo'lsin ! Ikki
beg'ubor qalbni
birlashtirib, baxt sari yetaklaydigan, bu
"Muhabbat". Uni ammo
hamma-ham
tushunavermaydi.
Sevgini bo'magan narsa
deb, parvo qilishmaydi. Keling sizga bir nimani
misol qilib keltirsam-u,
Sevgi borligi haqida ham
ozroq tushuncha
kiritsam. Masalan:
Kechqurun Oy chiqib, beg'ubor nurlari taratib
turadi. Xo'sh, keling shu
hodisada Oy umuman
yo'q deb hisoblaylik. Oy
degan tushuncha bor-u,
lekin o'zini hechkim ko'rmagan deylik. Oy
yo'g'u, lekin hammayoq
yop-yorug'. Shunda men
Oyni yo'q, bo'magan
narsa desam, sizda savol
tug'ilmaydimi, "Oy bo'lmasa, nega
hammayoq yop-yorug'"
degan ? Endi sevgini
"yo'q, bo'magan gap"
deganlar, "Agar, Sevgi
bo'lmasa, nega sevib qolamiz ?". Bu o'z-
o'zidan yoki shunchaki
yoqtirish deb o'ylaysiz-
mi ? Shuni unutmangki,
Agar dunyoda Oy
bo'lmasa, kechalarimiz qanday zim-ziyo
bo'lardi ? xuddi
shundayki, agar
dunyoda Sevgi bo'lmasa,
Erkak va Ayol o'rtasida
hurmat va ehtirom bo'lmas edi ! Alloh
Sevgini bekorga
qalbimizga in'om
etmagan ! Shu o'rinda
bir she'r hayolimga
keldi. Shuni ham e'tiboringizga havola
etsam ... Bir kuni tark
etar meni bu telba
ruhim, Qizg'aldoq
bezaydi meni, qalbimni
mangu. Bir kuni dunyoga qayta
kelarman, Lekin,
o'shanda ham, bir
insonni sevarman !
Irmoqlar qo'shilib daryo
bo'ladi, Yigitlar, qizlarga shaydo bo'ladi.
Ko'zlarga-ko'zlar
tushgan zahot, Yurakda
o'g'ri muhabbat paydo
bo'ladi !!! Xo'sh, bu
she'rda nimani his etdingiz ? Sevgini - chin
qalbdan his etib, asrab
avaylash kerak ! Chin
Sevgi, xuddi yurak
tomirlarimizda singib
qolgandek, qonimizda suzib yurib, bizni turli
xil yoqimli
kechinmalarga
boshlaydi. Hayotimizga
ma'no, mazmun qo'shib
turadigan ham bu "Muhabbat" ! Ajoyib
o'g'ri. Shunday emas-
mi ? Faqat uni asray
bilaylik ! Sevgi xususida
meni birgina tilagim
bor: "Qalb o'g'risi qalbimizga kirsin-u,
inshaalloh faqatgina
yaxshilikga xizmat
qilsin !" "Eng kuchli deb
bilgan Sevgimiz ham,
avvalo Allohga bo'lsin !" E'tiboringiz uchun
tashakkur !
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 1075 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
SAYT_ADMINKASI15.02.2013 13:09
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Fevral 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz