Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Fevral » 19 » Server Jeparov Janubiy Koreyaga yetib keldi va tibbiyko'rikdan o'tdi
12:04 Server Jeparov Janubiy Koreyaga yetib keldi va tibbiyko'rikdan o'tdi |
O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov shanba kuni Koreyaga uchib keldi. Ma'lumotlarga qaraganda, u "Seongnam Ilva Chunma" jamoasida tibbiy ko'rikdan ham o'tib bo'ldi. Server Jeparov so'nggi paytlarda Saudiya Arabistonining "Ash-Shabob" klubida asosiy tarkibda kira olmayogandi. Boz ustiga, ar- riyodliklar Jeparovni OChL ro'yxatiga kiritishmadi va jamoaga koreyalik Kvak Te Xvi qabul qilinganidan keyin uni Saudiya Arabistoni chempionati bahslarida ham maydonga tushirmay qo'yishdi. Belgiyalik murabbiy Mishel Pryudom o'zbek futbolchisiga ishonch bildirmay qo'ydi. So'nggi bir hafta ichida esa "Seongnam Ilva Chunma" jamoasi "Ash-Shabob" bilan Jeparov masalasida muzokara olib bordi va uni muvaffaqiyatli yakunlagan ko'rinadi. Hozircha seongnamliklarning "Ash- Shabob" va futbolchi bilan sharnomasi borasida aniq ma'lumot berilmagan. Server Jeparov bundan 2 yil avval Koreyanin "Seul" jamoasida to'p surgan va bilan mamlakat chempioniga aylangan. Seulliklarning o'sha paytdagi bosh murabbiyi An Ik Su ayni paytda "Seongnam Ilva Chunma"ga murabbiylik qilmoqda.
|
Просмотров: 683 |
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|